27.01.2024 16:48

Yaponiyada 2023 yilda 21 818 ta oʻz joniga qasd qilish holati qayd etildi

Yaponiyada 2023 yilda 21,8 mingdan ortiq oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan boʻlib, shundan 1010 tasi oʻquvchi‑talabalar oʻrtasida. Yil davomida 14,8 ming erkak, 6,9 mingdan ziyodroq ayollar suitsidni amalga oshirgan.

Yaponiyada 2023 yilda 21818 ta oʻz joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan boʻlib, shundan 1010 tasi talabalar orasida. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʻʻlum qildi.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 2023 yilda oʻz joniga qasd qilishlar soni oʻtgan yilga nisbatan 63 taga kamaygan. Shu bilan birga, oʻz joniga qasd qilish holatlari erkaklar oʻrtasida 14 854 ta, ayollar oʻrtasida 6 964 ta holat qayd etilgan. Oʻquvchilar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish oqibatida vafot etganlar soni 1010 nafarni tashkil etadi, shundan 507 nafari boshlangʻich, oʻrta va litsey oʻquvchilari.

Maʻʻlumotlarga koʻra, oʻz joniga qasd qilishning asosiy uchta sababi - sogʻliq muammolari, yashash va mehnat sharoitlari.

Mavzuga aloqador