27.01.2024 15:20

Husiylar Britaniya neftʻ tankeriga hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi

Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiylar) Adan koʻrfazida Britaniya neftʻ tankeriga hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi.

Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiylar) Adan koʻrfazida Britaniya neftʻ tankeriga hujum uyushtirdi. Bu haqda husiylar harbiy voizi Yahyo Sariya X ijtimoiy tarmogʻida yozgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Buyuk Britaniyaga tegishli Marlin Luanda neftʻ tankeri husiylar tomonidan nishonga olingan. Unga kemaga qarshi raketalar bilan urilganidan keyin yonib ketgan.

Husiy voizi ushbu hujum Falastin xalqiga qilingan zulm uchun qasos, Gʻazo sektoridagi falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash va birdamlik hamda AQSh va Britaniyaning Yamanga qilgan hujumlariga javob ekanini aytdi.

Sariya, shuningdek, Gʻazo sektorida sulh eʻʻlon qilinmaguncha hamda falastinliklarga dori-darmon va oziq-ovqat etkazib berishga ruxsat etilmaguncha harbiy operatsiyalar davom ettiriligini taʻʻkidladi.

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining dengiz savdosini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) Yaman qirgʻoqlarida raketa bilan urilgan kema yonib ketgani haqida maʻʻlumot berdi. Biroq kema nomini keltirmadi.

AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) husiylar USS Carney tomon ham kemaga qarshi raketa otgani, biroq raketa zararsizlantirilganini bildirdi.

Mavzuga aloqador