Ramazon oyining istalgan vaqtida duo qilish mumkin va Alloh taolo ularni qabul qiladi. Biroq bu oyda ham shunday paytlar borki, bu vaqtda ibodatlar bilan Yaratganga murojaat qilinganda duolar qabul boʻlish ehtimoli ancha ortadi.

Ramazon — cheksiz neʻʻmatlar ato etuvchi va gunohlardan poklanish oyidir. Ramazon oyida Alloh taologa duolar ila iltijo qilish moʻminning muhim ibodatlaridan biridir. Ramazon oyida Allohga yaqinlashtiradigan ibodatlarni qilganlar bandalarining gunohlarini Yaratgan albatta kechiradi.

Bu oyda eng afzal va eng samarali amallardan biri bu duo qilishdir. Shunday ekan, Ramazon oyida imkon qadar Alloh taologa duo qilish lozim.

Moʻmin duo qilganida boshqa foydalar bilan birga, oʻz duosi uchun katta ajr oladi, chunki muborak Ramazonda Alloh taolo roʻza tutganlarning ibodatlarini rad etmaydi. Shuning uchun bu oyda har birimiz tez-tez duolar bilan Alloh taologa yuzlanishimiz kerak boʻladi.

Ramazon oyining istalgan vaqtida duo qilish mumkin va Alloh taolo ularni qabul qiladi. Biroq bu oyda ham shunday paytlar borki, bu vaqtda ibodatlar bilan Yaratganga murojaat qilinganda duolar qabul boʻlish ehtimoli ancha ortadi:

1. Ogʻiz yopiq vaqtda

Duo kechayu kunduz oʻqilishi kerak, zero, butun Ramazon oyi aynan duo oyidir. Biroq, Alloh taolo uchun roʻza tutganlarning duosi qabul boʻladi, chunki roʻza duosi rad etilmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Uch kishining duosi qaytarilmaydi: roʻzadorning iftor qilguniga qadar qilgan duosi, adolatli hukmdorning duosi va mazlumning duosi”. (Imom Ahmad, 8043; Ibn Moja, 1752; Termiziy, 3598; Ibn Hibbon, 3428).

Imom Navaviy bu haqda oʻzining “Al-Majmuʻʻ Sharhul Muhazzab” kitobida shunday yozadi:

“Roʻzador roʻza tutgan vaqtida duo qilishi, oxirat va dunyoning muhim ishlarini Alloh taolodan soʻrashi tavsiya etiladi. Hatto oʻzidan tashqari barcha yaxshi koʻrgan kishilari va barcha musulmonlar ehtiyoji uchun ham soʻrashi mumkin. Darhaqiqat, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam:

“Uch kishining duosi qaytarilmaydi: roʻza tutganning duosi, toki u roʻzasini buzmagunicha...», dedilar. Bu hadisni Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan va Termiziy uni hasan hadis, degan.

Hadisdan anglashiladiki, roʻzador kunning boshidan oxirigacha duo qilishi maqsadga muvofiq, chunki odam shu vaqt davomida (kunduzi butun kun davomida) roʻza tutgan hisoblanadi.

2. Tong otgunga qadar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Robbimiz tabaroka va taolo har kecha tunning oxirgi uchdan biri qolganda bu dunyo osmoniga tushadi. Soʻngra: "Kim Menga duo qiladi, Men uni ijobat qilsam? Kim Mendan soʻraydi, Men unga soʻraganini bersam? Kim Menga istigʻfor aytadi, Men uning gunohlarini kechirsam», deydi». (Buxoriy, 7494; Muslim, 758).

Bu hadisning faqat Muslim tomonidan berilgan shaklida:

"... va bu tong otguncha davom etadi", deyilgan.

3. Iftorlik vaqti

Abdulloh ibn Amr ibn Al-Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim:

“Albatta shunday duo borki, agar roʻzador iftor paytida u bilan Allohga tavba qilsa, rad etilmaydi”. Bu hadisni Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan Ibn Abu Mulayka Abdullohning iftorlik paytida shunday deganini eshitganligini qoʻshimcha qiladi:

«Allohim, men Sendan hamma narsani qamrab olgan rahmating ila meni magʻfirat qilishingni soʻrayman». (Ibn Moja, 1753; Ibn as-Sunniy, “Amal al-yavmi va al-layla”, 481)

Iftor chogʻida moʻmin och, tashna va ojiz boʻlib, oʻzining naqadar ojizligini anglab etadi va qalbida tavozeʻʻ bilan qilgan duosi qabul boʻlishi ehtimoli koʻproq.

4. Qadr kechasida

Har qanday ibodat kabi, bu kechada Alloh taologa duolar bilan murojaat qilish ming oy duo qilish bilan barobardir. Bunday duoning kuchini tasavvur qilib koʻring! Bu muborak kechada farishtalar erga tushib, moʻminlarni oʻrab oladilar va ularning har bir namozidan keyin «amin»ni takrorlaydilar.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, agar Laylatul qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deyman?» dedim.

«Allohim! Albatta Sen afv qiluvchi va karamlisan. Afvni yaxshi koʻrasan. Bas, meni afv qilgin», degin», dedilar». (Imom Ahmad, 35497; Ibn Moja, 3850; Termiziy, 3513; An-Nasoiy, “Amal al-yavmi va al-layla”, 876).

5. Qurʻʻon oʻqishni tugatgandan keyin

Ramazon — Qurʻʻon oyidir. Solih salaflar bu oyda Qurʻʻon oʻqishga urgʻu berib, boshqa vaqtlarga qaraganda bu ibodatga koʻproq eʻʻtibor qaratganlar.

Shuning uchun Ramazon oyida imkon qadar tez-tez Qurʻʻon oʻqishimiz tavsiya etiladi va Qurʻʻon oʻqish (xatm) oxirida biz Alloh taologa oʻzimiz va oilamiz, qarindoshlarimiz va doʻstlarimiz uchun barcha yaxshiliklarni tilab duolar bilan murojaat qilishimiz mumkin.

Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Anas ibn Molik roziyallohu anhu Qurʻʻon oʻqishni tugatmoqchi boʻlganlarida, oila aʻʻzolarini yigʻib, ular uchun duo qildilar». (Tabaroniy, «Al-Muʻʻjam al-kabir», 674; Ad-Dorimiy, 3517).

Ayni damda moʻminning duosi bilan Alloh taoloning rahmati oʻrtasida hech qanday toʻsiq yoʻq. Irboz ibn Sariya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Qurʻʻonni toʻliq oʻqigan (xatm qilgan)ning duosi qabul boʻladi». (Tabaroniy, “Mujm al-kabir”, 647).

Ramazon oyida Allohga taologa ibodat qilishda moʻmin kishi jiddu jahd qilishi, koʻproq duo qilib, siz eng muhim narsalarni soʻrashi lozim. Albatta soʻralgan narsalarning barchasi oxiratimiz uchun foydali amallar boʻlishi lozim.

Abdulqodir Mahmud tayyorladi

 

Mavzuga aloqador