26.01.2024 11:00

Bombalar ostidagi Gʻazo: 111-kunning asosiy voqealari

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 111 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.

Isroil 25 yanvarʻ – Gʻazo ishgʻoli boshlanganining 112-kunida ham oʻz jinoyatlarini davom ettirdi. Shu kuni sodir boʻlgan voqealarning qisqacha tafsiloti:

▪ Bosqinchilar Gʻazoning turli hududlariga zarba berishda davom etmoqda. Nusayrat lageri va Xon Yunisdagi Al-Aqso, Nosir, Al-Amal va Al-Xeyr kasalxonalari atrofidagi hududga hujum qilindi.

Kun davomida bosqinchilar 21 ta ommaviy qotillik sodir etishdi. 25,9 ming kishi halok boʻldi, 64,110 kishi yaralandi.

▪ BMT: 7 oktyabrdan beri bosqinchilar Xon Yunisga 22 marta zarba berishdi.

▪ Bugun soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan) Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi favqulodda choralar joriy etish haqidagi daʻʻvosi boʻyicha qaror chiqaradi. Qaror asosiy ayb - genotsidga taalluqli emas, balki Isroilni jinoyatlarni toʻxtatishga majbur qiladi.

▪ Sunʻʻiy yoʻldoshdan olingan suratlar shuni koʻrsatadiki, 7 oktyabrdan beri bosqinchilar Gʻazoda chegaradan 1 km uzoqlikda joylashgan yuzlab binolarni vayron qilgan. Shu tariqa, bosqinchilar oʻzlari va qamaldagi anklav oʻrtasida “bufer zona” yaratmoqchi.

▪ Al-Aqsa radiostantsiyasi jurnalisti Iyad Ahmad Al Ravag va uning butun oilasi uyining portlashi natijasida halok boʻldi. Avvalroq Iyod dunyodan jarohat olgan, ahvoli ogʻir boʻlgan oʻgʻliga yordam berishni soʻragan edi.

▪ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Qalandiya lageriga, Tubas, Nablus, Jeninga bostirib kirishdi. Maʻʻlum qilinishicha, Jenin qarshilik kuchlari lagerga hujum chogʻida qarshilik koʻrsatgan.

Mavzuga aloqador