03.09.2024 18:00

Dunyo tartibi oʻzgarish yoqasida: Gʻarb tsivilizatsiyasining hukmronligi tugayaptimi?

Dunyo tartibi oʻzgarish yoqasida: Gʻarb tsivilizatsiyasining hukmronligi tugayaptimi? 

Insoniyat tarixi davomida turli madaniyatlar bir-birining oʻrnini egallab turgan. 
Misol uchun, dastlab Apennin yarim orolining kichik bir qisminigina nazorat qilgan Rim asta-sekin qoʻshni qabilalar va shaharlarni oʻziga boʻysundirib, oʻz hududlarini kengaytirdi. Karfagen davlati bilan urushda qozonilgan gʻalaba va boshqa bosqinlar hisobiga yirik imperiyaga aylangan Rim IV asr oxiriga kelib chuqur oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. Imperiya ikki – gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketdi. Bu esa imperiyaning ikkala qismida yashovchi odamlarning nafaqat diniy tushunchalari, balki sanʻʻati, meʻʻmorchiligi, adabiyoti va kundalik hayotiga ham taʻʻsir qilgan.
Bu insoniyat tarixining aksariyat qismiga daxldor haqiqatdir. Bugungi kunda urush va toʻqnashuvlar xaritalardagi chizgilarni oʻzgartirganini koʻpchiligimiz bilishimiz mumkin, biroq, shu bilan birga, bizning madaniyatimiz, qadriyatlarimizga ham taʻʻsir qilganini unutmasligimiz joiz. 
Masalan, sovuq urushdan keyingi davrda ingliz tilining mavqeyi ortishi va Gʻarbning yot gʻoyalarga asoslangan “koʻngilochar” vositalari - filʻmlar, musiqa, sport qabilidagi behayolik ustiga qurilgan “sanʻʻati” orqali dunyoda ustuvorligi sezildi. Ushbu buzgʻunchilik koʻplab jamiyatlarning tabiiy madaniy rivojlanishiga putur etkazdi, avlodlar orasidagi farqni chuqurlashtirdi va ijtimoiy tushunchalar, qadriyatlarni qayta belgilab berdi. 
Madaniy oqimning bunday keskin oʻzgarishi yuzlab, balki minglab yillar davom etgan ijtimoiy qarama-qarshiliklar, urushlar va evrilishlar natijasida shakllangan xalqlarning idrokiga chuqur taʻʻsir qildi. 
Shunga qaramay, oʻtgan asrning 90-yillarida “madaniyatlar toʻqnashuvi”, “dunyo katta urush yoqasida” kabi keng tarqalgan siyosiy nazariyalar bugunga kelib shubhali tuyulmoqda. 
Bunday fikrlash mantiqiy emas, balki siyosiy maqsadga koʻra ilgari surilgan boʻlib, u aynan sovet tuzumining qulashi, birinchi Iroq urushi va Osiyo, Yaqin Sharq hamda janubda kechgan gʻarb militarizmi davomida singdirilgan gʻoyalar edi. 
Zoʻravonlik harakatlarini tsivilizatsiya kabi yuksak va serjilo soʻzlar bilan bogʻlashdan murod Evropaning “tsivilizatsiya missiyasi” va “Amerikacha ozodlik” kabi eski shior va Islomga zid gʻoyalarni tagʻin dunyoga qaytarish edi. 
Ularning bunday qora niyatlari oxir-oqibat barbod boʻldi. Aniqrogʻi, ideallashtirilayotgan Gʻarbona tsivilizatsiya va insoniy munosabatlarning misi chiqdi. 
Ayni paytda dunyo yana qayta shakllanish ostonasida turibdi. Buning belgilarini dunyoni larzaga solayotgan voqea-hodisalarda koʻrish mumkin. 
Rossiya-Ukraina urushidan avvalroq zaiflashib borayotgan imperiya – AQSh va yangi paydo boʻlgan kuch – Xitoy oʻrtasidagi urush qaysidir maʻʻnoda boshlanib boʻlgan edi.
Tamaddunlar toʻqnashuvi va yangi dunyo tartibi haqida asar yozgan Samuelʻ Xantingtonning fikricha, har ikki davlat ham Gʻarb va Sharq tamaddunini uygʻunlashtirgan “Sin tsivilizatsiya” namunasi hisoblanadi. 
Shunga qaramay, na Barak Obamaning nozik yondashuvi, na Donalʻd Trampning populistik uslubi bu taxmin qilingan tsivilizatsiya toʻqnashuvini chuqurlashtirishga yaramadi. Xitoy bilan boshqa dunyo davlatlarining munosabatlari iqtisodiy manfaatlar asosida qurildi.
Hatto Vashingtonning Xitoy savdosi hamda texnologik taraqqiyotiga tayanadigan evropalik ittifoqchilari ham umumiy gʻarb qadriyatlarini saqlash va shunga oʻxshash boshqa ritorikalar bilan yoʻgʻrilgan Pekinga qarshi savdo urushiga qoʻshilishni istashmayapti. 
Bu ham etmaganday, Gʻazoda boshlangan urush 7 oktyabrgacha deyarli mavjud boʻlmagan xalqaro munosabatlarning butunlay yangi koʻrinishiga yoʻl ochdi. 
Eʻʻtiborlisi, bugun adolat talab qilayotganlarni jabrdiyda falastinliklar bilan hech qanday diniy, irqiy, geografik va hatto madaniy yaqinliklari boʻlmagan Namibiyadan Janubiy Afrikagacha, Braziliya va Kolumbiyadan Nikaraguagacha va boshqa koʻplab xalqlar Gʻazo bilan birdamliklarini biror madaniy oʻziga xosliklaridan kelib chiqib bildirishayotgani yoʻq.
Bugungi kunda Evropa va Shimoliy Amerika boʻylab sionistlarning zulmiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etyapti. 
Odatda turli elat va xalqlarni iqtisodiy va siyosiy manfaatlar, harbiy qudrat atrofida birlashtirishga intiladiganlar, oʻzlarining maqsadlari yoʻlida har qanday vositalardan foydalanishadi. 
Shunday boʻlsa-da, hozirgi paytda bunday qarashdagi olimlar va shovinistik siyosatchilarga nisbatan kun sayin global qarshilik kuchaymoqda. Gʻazodagi urush bugungi dunyo rahbarlarining asl qiyofasini ochib berish asnosida, Xantington nazariyasini puchga chiqarib, insoniyatning tsivilizatsiyalar emas, adolat uchun birlashishini isbotlamoqda. 

Muhammad Dovud Asadulloh, 
Azon Global eksperti

Mavzuga aloqador