09.09.2024 18:00

Dunyoga qarashingni oʻzgartir!

Deizmga koʻra yaratguvchi hakim zotmi?

Deizm haqidagi toʻrtinchi darsimizda yana bir deist bilan suhbat olib boramiz. Unga savol beramiz:

– Sen ishongan yaratguvchi hikmat egasimi? Yoki ishlarini faqat koʻngil ochish uchun qilganmi?

Har holda, bu dunyoni shunchalar chiroyli yaratgan va har borliqqa oʻnlab fazilatlar bergan Zot donodir. Zero, bunday hikmatli yaratish faqat Hakim zotga, yaʻʻni hikmat sohibiga xos. Bir nazar sol, dunyoda hamma narsaning vazifasi bor. Hech nima isrof qilinmaydi. Bekor va behuda narsa yoʻq. Bu ham yaratguvchimizning dono zotligini isbotlaydi. Zotan, buni inkor etsang, butun borliq senga qarshi turadi va oʻzlaridagi hikmatni koʻrsatib, seni yolgʻonchiga chiqaradi.

Endi esa biroz sen haqingda gaplashaylik:

Senga shunday koʻz berilganki, goʻzallikning barcha darajalarini farqlay oladi. Holbuki, hayvonlarga berilgan koʻz olamni faqat oq va qora ranglarda koʻradi.

Yana senga shunday til berilganki, nimaiki esang, taʻʻmini aniqlaydi, mazasini biladi. Vaholanki, hayvonlardagi til sanoqli taʻʻmlarni farqlaydi, xolos.

Va yana senga shunday aql berilganki, goʻyo kalit singari har qulfni ochadi.

Senga ato etilgan koʻz, til va aql singari sezgilar hamda ashyolarning hech biri hayvonlarga berilmagan.

Bularning hammasini sendan quyidagi savolni soʻrash uchun bayon qildik:

Yaratguvchimiz dono boʻlganiga koʻra, albatta isrofga yoʻl qoʻymaydi va behuda ishga qoʻl urmaydi.

Xoʻp, hikmat egasi yaratguvchimiz bizga nima uchun buncha harakat sarfladi va bu qadar bebaho sezgilar berdi?

Yaʻʻni nega bizga hayvonlarniki singari oq-qora koʻradigan koʻz bermadi?

Yoki nega hayvonlarnikiga oʻxshagan, bir necha taʻʻmnigina ajrata oladigan til bermadi?

Yoxud eng nozik sanʻʻatlarni tushunadigan aqlni nima uchun bizga berdi?

Hamma narsani qamraydigan muhabbatni nega qalbimizga joylashtirdi?

Bularning sababi nima?

Aslo: “Biror gʻoyasi yoʻq, shunchaki yaratgan”, dema. Zero, boshdanoq bu olamning yaratuvchisi hakim zot ekanligi borasida bir toʻxtamga keldik. Endi esa “Hikmat egasi boʻlmish mazkur yaratguvchi bunchalar qiymatli sezgilarni bizga shunchaki bergan, isrof qilgan; biror gʻoyasi yoʻq!” deyapsan. Agar maqsadsiz va shunchaki yaratgan boʻlsa, hikmat egasi emas. Agar hakim zot boʻlsa, bejiz yaratmagan va albatta maqsadi bor.

Shuni yaxshi bilki:

Seni xuddi ajoyib sanʻʻat asaridek yaratgan va bebaho aʻʻzolar, sezgilarni inʻʻom qilgan zotning, albatta, bundan bir maqsadi bor. Bu gʻoyalarni aqlning oʻzi kashf etolmaydi. Ularni bizga faqat vahiyga noil boʻlgan paygʻambarlar oʻrgatadi. Paygʻambarlarni tan olmaslik butun bu sharoitlar va sezgilarning bizga shunchaki berilgani hamda yaratguvchimizning isrofga yoʻl qoʻyganini qabul qilish demakdir. Bu esa yaraguvchi hakim emas degan xulosaga olib boradi. Buning xato ekaniga butun mavjudotlar misol boʻladi. Demak, bu xulosa xato ekan, unda albatta paygʻambarlar yuborilgan, kitoblar tushirilgan va bu gʻoyalar bizlarga oʻrgatilgan. Imon keltirdik va tasdiqladik.

Mavzuga aloqador