AQSh maʻʻmuriyati Turkiyaga F-16 samolyotlari sotilishi boʻyicha Kongressga rasmiy xabarnoma yubordi
AQSh Davlat departamenti Turkiyaga 40 dona F-16 Block qiruvchi samolyotini sotish, mavjud 79 ta F-16 ni modernizatsiya qilish va ularga ehtiyot qismlar etkazib berish boʻyicha rasmiy xabarnoma joʻnatdi. Turkiya Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʻʻqullagani ortidan ushbu qarorga Kongress tomonidan ruxsat berilishi ehtimoli katta.
AQSh Davlat departamenti Kongressga Turkiyaga yangi F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish va mavjudlarini moderniyazatsiya qilish boʻyicha
rasmiy bildirishnoma yubordi.
Xususan, Amerika tashqi siyosat departamenti Kongressga
Turkiyaga 40 ta F-16 Block 70
qiruvchi samolyoti va mavjud 79
ta F-16 samolyotini modernizatsiya qilish va
ular uchun ehtiyot qismlar toʻplamlarini sotishni maʻʻqullagan rasmiy
bildirishnoma yubordi, deyiladi AQSh Mudofaa xavfsizligi hamkorlik agentligi
bayonotida.
AQSh Davlat departamenti Turkiyaga 23 milliard dollarga yaqin F-16 va tegishli jihozlarni
sotish va modernizatsiya qilishga ruxsat berishga qaror qildi, deyiladi xabarda.
Hisobotda, F-16
samolyotlarining Turkiyaga sotilishi NATO xavfsizligi va barqarorligi nuqtai nazaridan
muhim ekanligi taʻʻkidlangan.
Avvalroq AQSh Senati tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi Ben Kardin
Oq uydan tegishli bildirishnoma olishi bilanoq Turkiyaga qiruvchi samolyotlarni
sotishni maʻʻqullash niyatida ekanligini maʻʻlum qilgandi.
“Turkiyaning F-16
samolyotlarini sotib olish haqidagi soʻrovini maʻʻqullashim uning Shvetsiyaning NATOga
kirishini maʻʻqullashiga bogʻliq edi”, ‑ deya
senator Anqara tomonidan Shvetsiyaning Ittifoqqa kirishini maʻʻqullash qaroridan
mamnunligini bildirdi.
Tegishli qonunchilikka koʻra, ushbu xabarnoma Kongressda NATO
davlatlari uchun 15 kun, NATOga aʻʻzo davlatlar uchun esa 30 kun ichida koʻrib chiqilishi kerak.