Global inqiroz: dunyoda toza suv zaxiralari tugab boryaptimi?
BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 2030 yilga kelib dunyoda 3,3 milliarddan ortiq aholi toza suv va sanitariya taʻʻminotidan mahrum boʻlishi mumkin. Dunyo mamlakatlarining yarmida daryolar, koʻllar va suvli qatlamlar kabi chuchuk suv ekotizimlari buzilmoqda, daryolar va koʻllar quriyapti, suvli qatlamlar haddan tashqari ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu esa har yili er osti suvlari sathining keskin pasayishiga olib kelmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT)ning Suv va Atrof-muhit
dasturlari oʻtgan oyda hisobot eʻʻlon qildi. Unda
2030 yilgacha barcha uchun toza suv va sanitariya
taʻʻminotini yoʻlga
qoʻyishga chaqiruvchi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)da keltirilgan
6-bandni bajarish imkonsiz ekani tan olindi.
Ogohlantirilishicha, 2030 yilga kelib dunyoda
3,3 milliarddan ortiq aholi toza suv va sanitariya taʻʻminotidan mahrum boʻlishi
mumkin. Dunyo mamlakatlarining yarmida daryolar, koʻllar va suvli qatlamlar kabi
chuchuk suv ekotizimlari buzilmoqda, daryolar va koʻllar
quriyapti, suvli qatlamlar haddan tashqari ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu esa har yili er
osti suvlari sathining keskin pasayishiga olib kelmoqda.
Buning ustiga,
barcha turdagi suv havzalari tezda ifloslanmoqda. Koʻpincha suv inson yoki hayvon isteʻʻmoli uchun
yaroqsiz boʻlib qolyapti. Oqibatda tirik mavjudotlar, shu jumladan oʻsimliklar salomatligiga jiddiy ziyon etmoqda.
Hisobotda vaziyat
nafaqat inson salomatligi uchun, balki oziq-ovqat xavfsizligi va
bioxilmaxillikka jiddiy tahdid solishi va iqlim oʻzgarishini yanada kuchaytirishi
haqida ogohlantiriladi.
Afsuski, bu
ogohlantirish olimlar va ekologlar tomonidan bir necha yillardan beri aytib
kelinayotgan bashoratlarning aks-sadosi xolos.
Toʻgʻri, jahon etakchilarining suvni nafaqat biz
insonlar uchun, balki sayyora va Erdagi boshqa tirik mavjudotlar uchun ham
asrab-avaylash zarurligi haqidagi odatiy va yuzaki bayonotlari etarlicha yangramoqda. Biroq uzundan uzoq nutqlar qarsakbozlikdan boshqa
natija bermayapti.
BMTning eng yuqori
darajalarida rezolyutsiyalar, shu jumladan bir ovozdan qabul qilingan qarorlar
mavjud, ammo amaliy harakatlar va yuqori natija etishmayapti. Ayrim mamlakatlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar butun dunyo muammosini hal qilishi dargumon.
Soʻnggi hisobotda vaziyatning qay darajada ogʻirligi turlicha koʻrsatilgan. Unda aytilishicha, deyarli barcha rivojlanayotgan
va qashshoq mamlakatlar, asosan Afrika, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo hamda Janubi-Sharqiy Osiyodagi 90 ga yaqin mamlakatda
chuchuk suv ekotizimlarining keng koʻlamli buzilishi kuzatilgan. Dunyo boʻylab 402 ta
daryo havzasida suv
miqdori kamaygan. Bu esa degradatsiya jarayoni qanchalik tez kechayotganini koʻrsatadi.
Suvni isrof qilish, ifloslantirish, toʻgʻonlar barpo etish, erdan notoʻgʻri foydalanish va
iqlim oʻzgarishi kabi
holatlar dunyo ekotizimini
saqlab qolishda qiyinchiliklarni
yuzaga keltirmoqda. BMT
hisobotida aytilishicha, qirgʻoq yaqinida akvakulʻtura va dehqonchilik kabi insoniy aralashuvlar ham vaziyatni chigallashtirmoqda. Tahdidlar asosan dunyo aholisining yarmidan
koʻprogʻini qamrab
oladi. Asosiy xavf iqtisodiy taraqqiyot piramidasining eng quyi
pogʻonasida turgan Afrika va Osiyoga toʻgʻri kelgani sababli, inqirozga qarshi kurashish uchun har qanday samarali harakat
faqat tashqi dunyo, yaʻʻni boy mamlakatlarning moliyaviy va texnik yordami bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Hisobotda taʻʻkidlanishicha, Evropa va Shimoliy
Amerikada vaziyat biroz yaxshilangan. Bu shuni
anglatadiki, texnologiya va eng muhimi, pul bilan inqirozni sekinlashtirish, butunlay toʻxtatish yoki hech boʻlmaganda qisman orqaga
qaytarish mumkin.
Ammo buning uchun
boy davlatlar oʻz koʻmagini
ayamasligi, ham moliyaviy, ham ilmiy resurslarini dunyoning kam taʻʻminlangan hududlari bilan baham koʻrishi lozim.
Biroq, bu
rivojlanayotgan mamlakatlar mustaqil ravishda hech narsa qila olmaydi degani emas.
Ularda hech boʻlmaganda suv resurslarining degradatsiyasini sekinlashtirish uchun
koʻpgina imkoniyatlar mavjud. Birinchidan, boshqaruvni tubdan takomillashtirish,
nafaqat suv resurslarini toʻgʻri taqsimlash va
boshqarish, balki uning ifloslanishini nazorat qilish
uchun sanoat cheklovlarini oʻrnatishi kerak.
Shuningdek, hukumatlar, ayniqsa, jamiyatning eng boy qatlamlari
tomonidan suvni behuda isrof qilinishiga yoʻl qoʻymasligi shart. Bu nafaqat suv taʻʻminotini yaxshilaydi, balki
soʻnggi yigirma yil ichida, ayniqsa, Hindiston kabi mamlakatlarda keskin oshib
borayotgan isteʻʻmoldagi tengsizlikni kamaytiradi.
Masʻʻullar, inchunin, fermerlarga dehqonchilikda suvni tejashga oʻrgatishlari va katta
hajmdagi suv talab qilmaydigan ekinlar yoki dehqonchilik usullariga oʻtishni oʻrgatishi mumkin. Bu Osiyo va Afrikaning asosiy qishloq xoʻjaligiga asoslangan mamlakatlarida allaqachon yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu choralar rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlarining imkoniyati doirasida boʻlib, aslida
ularning vazifasi ham
sanaladi.
Ularning
suv inqiroziga qarshi echim topishga intilmasligi nafaqat oʻz xalqi, balki Er sayyorasi va butun insoniyatga
qarshi jinoyat, desak
xato boʻlmaydi.
Ranvir S. Nayar, Media India Group platformasining bosh muharriri va Hindiston mukammallik
jamgʻarmasi asoschisi