Putin rus armiyasi askarlari sonini 180 ming nafarga oshirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasidagi askarlar sonini taxminan 180 ming nafarga oshirib, umumiy harbiy xizmatchilar sonini 2 mln 389 mingdan ortiq kishiga etkazish haqidagi farmonni imzoladi.
Tegishli qaror 16 sentyabrʻ, dushanba kuni normativ-huquqiy
hujjatlar portalida eʻʻlon qilindi va 2024 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.
"Rossiya
Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining shtat darajasini 2 389 130 birlik, shu jumladan 1
500 000 nafar harbiy xizmatchilar miqdorida belgilashga qaror qildim", - deyiladi
hujjatda.
Putin Rossiya hukumatiga federal byudjetdan mamlakat Mudofaa
vazirligiga ushbu Farmonning 1-bandini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan byudjet
mablagʻlarini ajratishni taʻʻminlashni topshirdi.
Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi oxirgi marta 2023 yil
dekabrida oʻzgartirilgan edi. Oʻshanda
u 2 209 130 kishiga, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchiga koʻtarilgandi. Keyinroq harbiy xizmatchilar soni 170
ming kishiga oshirildi.