-
Rossiya Afrikada "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi oʻrniga 20 ming kishilik "Afrika korpusi"ni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Sobiq vagnerchilar va yangi yollanma askarlar orqali RF "Vagner"ning Afrikadagi biznesi, jumladan, oltin va olmos qazib olishni ham oʻz nazoratiga olmoqchi.
-
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Qirgʻiziston Respublikasining Mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qirgʻiziston fuqarosi hisoblangan mahbuslarni keyingi jazo muddatini oʻz mamlakatida oʻtashiga asos boʻlib xizmat qiladi.
-
Gʻazo shimolida HAMAS tomonidan Isroil armiyasining yuqori martabali zobiti – 36 yoshi mayor Itsxar Xoffman oʻldirildi. Gʻazo hududida yoʻq qilingan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi. Oʻn minglab jarohatlanganlar bor.
-
2023 yilda Turkiyaga 57 milliondan koʻproq (+11,1%) sayyoh tashrif buyurdi. Turizmdan tushgan daromad esa 54,31 milliard dollarni (+16,9%) tashkil etdi.
-
Isroilning Gʻazoda amalga oshirayotgan qatliomi qurbonlari soni 26,9 ming nafardan oshdi, qariyb 66 ming kishi jarohatlangan.
-
Rossiya Davlat Dumasi armiyani obroʻsizlantirgan shaxslarning mol‑mulklarini musodara qilish, faxriy unvonlardan mahrum etish va boshqalarni koʻzda tutgan qonunni maʻʻqulladi.
-
Oxirgi bir oy ichida AQShning Suriyadagi bazalariga kamida 83 marotaba hujum uyushtirildi. Koniko gaz zavodi va Dayr-az-Zordagi Umar neftʻ koni, Hasakadagi Seddadi, Himo va Xarab Jir bazalari, shuningdek, Xomsdagi At-Tanf bazasi hujumlar nishoniga aylandi.
-
AQShning Garvard universiteti talabalari oliygoh rahbariyati kampus va sinfxonalarda islomofobiya holatlari, jumladan, falastinlik, arab va musulmon talabalarga qarshi tahdid va hujumlar eʻʻtiborsiz qoldirilayotgani ustidan shikoyat yoʻlladi. Talabalarga Amerika musulmonlar yuridik jamgʻarmasi koʻmak koʻrsatmoqda.
-
Isroil-HAMAS mojarosi tufayli bugun falastinliklarning shafqatsizlarcha qirilayotgani, yosh goʻdaklar, keksalar va ayollarning genotsidga uchrayotgani Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Hatto ziddiyatga Livanning katta nufuzga ega boʻlgan “Hizbulloh” harakatining aralashib qolish ehtimolini yuzaga keltirdi. Toʻgʻri, hozircha Isroil va “Hizbulloh” oʻzaro jangi chegaradosh hududlarni oʻqqa tutish bilan chegaralangan. Ammo ziddiyat 2006 yil iyulidagi 34 kunlik, Isroilning magʻlubiyatiga olib kelgan urush kabi keng qamrovli harbiy harakatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Azon Global sisiy tahlilchi Abduvali Soyibnazarovning bu boradagi mulohazalarini eʻʻtiboringizga havola etamiz.
-
Oʻtgan yillar davomida oʻn minglab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan Falastin-Isroil mojarosi bugun yana dunyo hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Xoʻsh, asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bu mojaro barchani “Aslida, Falastin kimniki: arablarnikimi yoki yahudiylarniki?” degan savolni oʻylashga, fikrlashga majbur qiladi.