Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 346 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi, Zaytun hududi, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41226 kishi halok boʻldi, 96413 kishi jarohatlandi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda Nablus, Qalkiliya va Al-Xalilda bosqinchilarga qarshi shiddatli janglar ketmoqda. Tubas batalʻoni qoʻmondoni shahid boʻldi.

▪️Quddusda Damashq darvozasi yaqinida pichoqli hujum oqibatida bir isroillik askar yaralandi. Bosqindagi Negevda yashovchi 33 yoshli hujumchi shahid boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah hududida ishgʻol texnikasini yoʻq qildi va bosqinchilar otryadiga hujum qildi.

▪️Iroq qarshilik kuchlarining dronlari Hayfaga hujum qildi.

▪️Yaman havo hujumidan mudofaa kuchlari Dhamar provintsiyasida Amerikaning oʻninchi MQ-9 uchuvchisiz uchogʻini urib tushirdi. Ushbu dronning qiymati 30 mln dollar atrofida.

▪️Bosqinchi matbuoti: Isroil armiyasi Iordaniya bilan chegarada transport vositalarining kirib kelishini oldini olish uchun xandaq qazishni boshladi.

▪️Usama Hamdan: HAMAS rahbari Yahyo Sinvarning rasmiy murojaati tez orada tarqatiladi. Bu uning 7 oktyabrdan beri birinchi bayonoti boʻladi.

▪️Haaretz nashri Isroil armiyasi Gʻazoda urushish uchun afrikalik muhojirlarni yollashga harakat qilgani, ularga doimiy yashash uchun ruxsatnoma vaʻʻda qilingani, biroq hech qanday natijaga erishilmaganini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador