26.01.2024 13:30

AQShda ilk bor sof azot yordamida oʻlim jazosi amalga oshirildi

AQShning Alabama shtatida 1988 yilda buyurtma qotillik uchun oʻlimga hukm qilingan 58 yoshli Kennet Smit ustidan oʻlim jazosi amalga oshirildi. Jarayon ilk bor sof azot yordamida amalga oshirildi. Mahbusni 2022 yilda qatl qilishga urinishgan, biroq amalga oshmay qolgandi.

AQShning Alabama shtatida 1988 yilda buyurtma asosida oʻldirish uchun oʻlimga hukm qilingan 58 yoshli Kennet Smit qatl etildi.

Oliy sud tegishli qarorni tasdiqlagach, hukm ijro etildi. Smitga niqob kiydirib, u orqali sof azot mahbus tanasiga kiritila boshlandi, biroq u nafas olishni toʻxtatmadi.

Smit mahalliy vaqt bilan soat 20:25 atrofida oʻlgan deb eʻʻlon qilindi.

Alabama gubernatori Kay Iveyning aytishicha, Smit ilgari oʻlim jazosini oʻlimga olib keladigan inʻʻektsiya orqali amalga oshirilishini xohlamagan. Gubernatorning soʻzlariga koʻra, qatl paytida qoʻllangan usul qonun doirasida boʻlgan.

2022 yil noyabrʻ oyida ular Smitni standart oʻlimga olib keladigan inʻʻektsiya usulidan foydalangan holda qatl qilmoqchi boʻlishdi, ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki igna kiritish uchun mahbusda mos venani topa olishmagan.

Shu sababli, Smit "ikkinchi urinishda qatl etilgan AQShdagi ikkinchi mahbus" boʻldi.

Smitdan oldin, 1946 yilda mahbus elektr stulda nosozlik tufayli ikkinchi urinishda qatl etilgan.

Qatl uchun foydalanilgan usul mamlakatda "inson huquqlari" borasidagi bahs-munozaralarga sabab boʻldi.

Mavzuga aloqador