27.01.2024 14:23

Isroil OAV: HAMAS Gʻazo sektorida yana hokimiyatni qoʻlga kiritdi

Yahudiy matbuoti Isroil qoʻshinlari Gʻazo sektori shimolini tark etganidan soʻng HAMAS harakati yana eksklavdagi nazoratni qoʻliga olgani va davlat xizmatlarini koʻrsatishni tiklaganini yozmoqda.

HAMAS harakati Gʻazo sektorining shimoliy va markaziy qismlarida davlat xizmatlarini koʻrsatishni qaytadan boshladi. Bu haqda Isroilning “KAN davlat televideniesi ism-shariflari oshkor etilmagan ikki mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.

HAMAS Isroil armiyasi tomonidan tashlab ketilgan hududlarda fuqarolik boshqaruvi ustidan hokimiyatni tikladi, deydi rasmiylar.

Urush kabi favqulodda vaziyatlar uchun tuzilgan favqulodda qoʻmitalar bilan bir qatorda, avvalroq XAMAS nazoratida boʻlgan munitsipal idoralar shimoliy va markaziy hududlarda oʻz faoliyatini qayta boshlagani xabar qilingan.

Isroil Gʻazodagi urushdan maqsad HAMASni yoʻq qilish va asirlarni qaytarish ekanini bir necha bor taʻʻkidlaganiga qaramasdan, 7 oktyabrdan beri davom etayotgan urushda shu paytgacha bu maqsadlarning birortasiga erisholmadi.

 

Mavzuga aloqador