Masjidi Nabaviyga mikrochipli 25 mingta yangi gilam toʻshaldi
Madinadagi Masjidi Nabaviyga namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida 25 mingta mikrochipli yangi gilam toʻshaldi. Ushbu chiplar gilamlarning joylashuv oʻrni, tozalash, xushboʻy hidlar bilan ishlov berish kabi jarayonlar vaqtini qayd etib boradi.
Madinadagi Masjidi
Nabaviyning hovli, tom va ichkari qismlariga namozxonlar va ziyoratchilarga
qulaylik yaratish maqsadida 25 mingta
yangi gilam toʻshaldi.
Mutaxassislar
tomonidan muqaddas masjid uchun maxsus tanlangan boʻlib, chidamliligi va yumshoqligi
bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, har bir gilamga chip oʻrnatilgan boʻlib, u
joylashuvini kuzatib boradi,
tozalash, xushboʻy hidlar bilan ishlov berish, yuvish va sterilizatsiya qilish uchun olib ketish va tashish vaqtlarini qayd etadi
Maʻʻlumot
uchun, gilamlarga har
kuni 115 tonna antiseptik va 30 tonna (30 ming litr) aromatik moddalar
ishlatiladi, deya xabar
beradi Global Village.