-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 355 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
HAMAS etakchisi Ismoil Haniyaning Tehronda oʻldirilishi, Livanda Hizbullohning koʻplab yuqori martabali qoʻmondonlariga suiqasdlar ortidan “qisqa muddatda shiddatli qasos olish”ga vaʻʻda bergan Eron soʻnggi vaqtlarda bayonotlari ohangini yumshatdi, hatto Nʻyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etgan mamlakat prezidenti Masud Pezeshkian amerikalik jurnalistlarga Eron Isroilga kuch ishlatmasligi mumkinligiga ishora qildi.
-
Rossiya qoʻshinlari qariyb ikki yillik urinishlar va katta yoʻqotishlardan soʻng Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Ugledar shaharchasini egallash arafasida turibdi. Ushbu strategik muhim shaharni himoya qilib kelayotgan ukrain gornizoni charchagan va dastakka muhtoj.
-
Qirgʻiziston Jogorku Keneshi respublikaning birinchi rahbari Asqar Akaevning sobiq prezident maqomini qayta tiklashga qarshi chiqdi. Amaldagi prezident Sadir Japarov parlament ishiga hech qanday taʻʻsir oʻtkazmasligini bildirdi.
-
Iroq armiyasi Mosul viloyatida joylashgan va Kurdiston Ichki partiyasi (PKK) terror tashkilotining tayanch nuqtasiga aylangan Sinjar shahrida nazoratni toʻliq qoʻlga kiritgani, Suriya chegarasigacha boʻlgan hududni butunlay nazorat ostiga olganini maʻʻlum qildi. Hududda tinchlik va xavfsizlik oʻrnatilishi bilan 11 mingga yaqin aholi oʻz uylariga qaytgan.
-
Livan hukumati Isroil havo hujumlarida dushanba kunidan beri mamlakat boʻylab kamida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok boʻlgani, 1800 dan ortiq kishi jarohatlanganini maʻʻlum qildi. Isroil harbiy samolyotlari, shuningdek, Suriyaning Tartus shahriga ham zarbalar berdi. Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari ushbu hujumlarni qaytardi.
-
Joriy yilda yuz bergan uchta voqea bizga oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab, 2010-yilning oʻrtalarigacha boʻlgan muddatda dunyoga kelgan Z avlod (zumerlar)ning global oʻzgarishlardagi rolini koʻrsatmoqda. Albatta kelgusida geosiyosiy oʻyin qoidalarini belgilashda mintaqa aholisining 32 foizini tashkil qiluvchi yoshlar muhim oʻrin tutadi.
-
Ommaviy axborot vositalari HAMAS rahbariyatining ishlash tizimini notoʻgʻri talqin qilib, harakatning sobiq va ayni paytdagi rahbarlari – “moʻʻʻtadil” Ismoil Haniya va “ekstremist” Yahyo Sinvar oʻrtasida ziddiyat yaratmoqda. Bunday fikrlar nafaqat qarshilik harakati rahbarlari, balki butun HAMAS faoliyati haqidagi yuzaki tushunchani namoyon etadi. Aslida esa HAMASda qaror qabul qilish jarayoni ancha institutsionallashgan tizimga ega – Garvard universitetining tarix va Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻyicha falsafa doktori Hanna Alshayx maqolasidan.
-
Istanbulda turkiy davlatlarning togʻchangʻi kurortlari Ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. U Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston togʻ kurortlari vakillarini birlashtiradi.
-
Shvetsiyada 2023 yil yozida bir necha marta Qurʻʻoni karim namoyishkorona yoqilganidan soʻng 15 mingdan ziyod kishiga Qurʻʻonga oʻt qoʻyganlardan qasos olishga chorlangan SMS-xabarlar yuborilgan edi. Mamlakat hukumati ushbu xakerlik hujumi ortida Eron turganini maʻʻlum qildi.