Turkiyada Discord taqiqlandi: Jamoatchilik xavotirlari va hukumatning qatʻʻiy choralari
Turkiya hukumati jamoaviy videochatlar uyushtirishga moʻljallangan Discord platformasini jinoyatlarga aloqadorligi sababli taqiqlashga qaror qildi. Ushbu qaror Anqaraning 1-Jinoiy sudi tomonidan qabul qilingan boʻlib, Turkiyaning Axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi (BTK) tomonidan ijro etildi.
Taqiqlash
sabablari asosan platformadagi baʻʻzi guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoiy
faoliyatlarga bogʻliq. Ushbu faoliyatlar orasida bolalar va ayollarga nisbatan
zoʻravonlik, tazyiq va jinsiy zoʻrlash holatlari aniqlangan. Jamoatchilik orasida ayrim
guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shu jumladan yaqinda 19 yoshli ikki ayolning
oʻldirilishiga oid olqishlash va gʻururlanish mazmunidagi postlar tarqalishi ortidan
kelib chiqqan norozilik ham platformaning taqiqlanishiga sabab boʻldi. Bundan
tashqari, mazkur platformada ikki nafar yosh yigit bolalarga jinsiy tazyiq oʻtkazuvchi
guruhlarni boshqarib kelgani haqidagi maʻʻlumotlar ham mavjud.
Turkiya
adliya vaziri Yilmaz Tunchning taʻʻkidlashicha, platformadagi zararli kontentlar
yoshlar va bolalarning ruhiy sogʻligʻiga xavf soladi. Shuningdek, hukumat jamiyat
asoslarini buzishga yoʻl qoʻymaslik va yoshlarni ular zararidan himoya qilish
maqsadida ushbu qatʻʻiy choralarni qoʻllamoqda.
Ushbu
choralar xalqaro doiralarda ham qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi, chunki sal
avval ushbu platformani Rossiya ham ayrim sabablarga koʻra taqiqlagan edi.
Turkiyada esa bu vaziyat turli ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikda keskin
fikrlar uygʻotdi.
Maʻʻlumot
uchun, kecha, 8 oktyabrʻ kuni Rossiyada ham Discord bloklandi. Roskomnadzor platformada joylashtirilgan
noqonuniy maʻʻlumotlarga kirishni cheklash boʻyicha talablarga rioya etilmaganini sabab qilib keltirdi. Discord joriy
yilda Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan kontentni olib tashlash talablariga rioya
qilmagani uchun ikki marta jarimaga tortilgandi.