25.09.2024 10:50

Akaevga Qirgʻizistonning sobiq prezidenti maqomini berish rad etildi

Qirgʻiziston Jogorku Keneshi respublikaning birinchi rahbari Asqar Akaevning sobiq prezident maqomini qayta tiklashga qarshi chiqdi. Amaldagi prezident Sadir Japarov parlament ishiga hech qanday taʻʻsir oʻtkazmasligini bildirdi.

Qirgʻiziston parlamenti respublikaning birinchi rahbari Asqar Akaevning sobiq prezident maqomining tiklanishiga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati.

Taʻʻkidlanishicha, deputatlar Akaevning iltimosini rad etishni tavsiya qilgan parlamentning tegishli qoʻmitasi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlagan.

Qirgʻizistonning birinchi prezidenti iyunʻ oyida Jogorku Kenesh spikeri nomiga maqomini qayta tiklashni soʻrab murojaat qilgan edi. Maqomini tiklash siyosatchiga prezidentlik davrida sodir etgan xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaslik, shuningdek, katta miqdorda pensiya olish imkonini beradi.

Ushbu holatni sharhlar ekan, amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov parlament ishiga hech qanday taʻʻsir oʻtkazmoqchi emasligiga ishontirdi.

Eslatib oʻtamiz, Akaev 2005 yilning martida hokimiyatdan agʻdarilgan edi. 2021 yilda u birinchi marta «Qumtor» ishi boʻyicha guvohlik berish uchun Bishkekka qaytib keldi. Shundan soʻng prezident Sadir Japarov Akaev avvalgi xatolarini toʻliq bartaraf etganini va Bosh prokuratura unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini yopganini maʻʻlum qildi.

Japarov keyingi intervʻyusida sobiq rahbar haqida ijobiy fikr bildirdi. Keyinroq Akaev ham nafaqaga chiqqandan keyin Qirgʻizistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qilgan.

Mavzuga aloqador