Oʻzbekiston turkiy davlatlar togʻchangʻi kurortlari Ittifoqiga aʻʻzo boʻldi
Istanbulda turkiy davlatlarning togʻchangʻi kurortlari Ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. U Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston togʻ kurortlari vakillarini birlashtiradi.
23 sentyabrʻ kuni Istanbulda turkiy davlatlarning togʻchangʻi
kurortlari Ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzolangan. U
Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston togʻ kurortlari vakillarini
birlashtiradi.
"Mediazona" maʻʻlumotlariga koʻra, tadbirda
mamlakatimizdan "Amirsoy" ishtirok etgan.
Uchrashuv ishtirokchilari oʻzlarining togʻ kurortlarining sayyohlik
salohiyatini taqdim etishgan, qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va qoʻshma tadbirlarni
oʻtkazish, professional mutaxassislar uchun oʻquv dasturlarini yaratish va boshqalarni
muhokama qilishgan.
Shuningdek, ular turkiy davlatlar tashkilotining "Turkiy
qarash – 2040" va "Turkiy davlatlarning 2022-2026 yillarga moʻljallangan
rivojlanish strategiyasi"ga muvofiq turkiy davlatlarda turizmni
rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashgan.
Yangi tashkilotga raislikni dastlabki ikki yil davomida
Ozarbayjon oʻz zimmasiga olgan. Ittifoq aʻʻzolari doirasi kengayishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamizki, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida
Ugam River sayyohlik markazini qurish, Chorvoq suv ombori sohilida esa
"Chorvoq darvozalari" loyihasini yaratish rejalashtirilgan.