Pokiston va Afgʻoniston chegara kuchlari oʻrtasida otishma yuz berdi
Pokistonning Balujiston viloyati Nushki hududida chegaradagi sim panjarani taʻʻmirlayotgan askarlar bilan Afgʻoniston chegara kuchlari oʻrtasida otishma sodir boʻldi.
Manbalar afgʻon chegara kuchlari koʻp talofat koʻrganini iddao
qilishsa-da, bu borada
ikki davlat rasmiylari
tomonidan hozircha bayonot
berilgani yoʻq.
Afgʻoniston va Pokiston chegara kuchlari oʻrtasidagi oxirgi mojaro 20 sentyabrʻ
kuni sodir boʻlgan edi.
Ikki davlat oʻrtasidagi chegara muammolari
Ikki davlat oʻrtasidagi 2640 kilometrlik quruqlik chegarasida
18 ta oʻtish punkti mavjud. Torxam va Chaman chegara punktlari eng gavjum chegara darvozalari
sifatida ajralib turadi.
Xalqaro maydonda ikki davlat chegarasi sifatida qabul
qilingan Durand chizigʻini Afgʻonistondagi hukumatlar, jumladan, hozirgi maʻʻmuriyat
ham rasmiy chegara sifatida qabul qilmagan.
Ushbu chiziqdagi
Afgʻoniston tomoni qurgan nazorat-oʻtkazish punktlari tomonlar oʻrtasidagi
kelishmovchilikning asosiy
sababchisi hisoblanadi.
Boshqa tomondan, Pokiston oʻz hududida amalga oshirilgan terror
hujumlarida Afgʻonistonning ham muhim rolʻ oʻynaganini daʻʻvo qilmoqda.
Islomobod maʻʻmuriyati oʻziga qarshi kurashayotgan Pokiston
Toliboni (TTP) qarorgohining
Afgʻonistonda joylashganini
hamda Afgʻoniston maʻʻmuriyati bu tashkilotga qarshi chora koʻrmayotganini daʻʻvo qilmoqda.
Afgʻoniston maʻʻmuriyati esa Pokistonning
daʻʻvolarini rad etib, ularning mamlakatdagi xavfsizlik muammolariga aloqasi
yoʻqligini bildirmoqda.
Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasida chegara muammolari davom etar
ekan, chegaradagi kelishmovchiliklar tufayli ikki davlat xavfsizlik kuchlari
oʻrtasida baʻʻzan oʻlimga olib keladigan qurolli toʻqnashuvlar roʻy bermoqda.