Bir yil... aytishga oson. Bu 365 kuni degani. Bu har otgan tong, har botgan kun oila aʻʻzoingdan kimdir – yo bolang, yo umr yoʻldoshing, yo otang, yo onang yoki yana bir yaqining sionist bosqinchilar otgan bombadan halok boʻladi, yoxud ularning bari biratoʻla bombardimon ostida qolib vafot etadi, degani. Agar omading kelsa, qattol oʻqiga oʻzing duchor boʻlasan-da, bu alamli ayriliq va qatliom azobidan biratoʻla qutulasan.  Naqadar dahshatli manzara, shundaymi? Bu – Gʻazo ahlining kundalik hayoti. Ular 365 kundir shu azobni yashamoqda. Hozirgacha gʻazoliklarning ...tasi shahid boʻldi, ularning ...tasi bolalar va ...tasi ayollardir. ... kishi bir umrga nogiron boʻlib qoldi. Mintaqa deyarli er bilan bitta boʻldi, sionist uchoqlari va tanklari shaharni tekislab tashladi. Tirik qolgan aholining dori-darmoq, non va suv kabi eng zaruriy va hayotiy ehtiyojlarini ham qondirish ham katta muammoga aylangan.

Biroq bularning hech biri Gʻazo ahlining metin irodasini buka olmadi, ular qaytaga mustahkamlandi, bolalari oʻldi, ular sinmadi; ayollari oʻldi, taslim boʻlmadi; rahbarlari oʻldi, yoʻlidan qaytmadi. Dunyoga botil qarshisida qanday qarshi turish boʻyicha saboq berdi, bermoqda. Olam ahliga koʻp jihatdan oʻrnak boʻlmoqda.

Ammo!

Bir yildirki, dunyo hamjamiyatining insoflilari, vijdonlilari boshi egik, isnoddan boʻyni bukik. Eng adolatli, eng xalqparvar tuzum deya sigʻingani demokratiyaning asl qiyofasi bu qadar qabihmidi yo qabih qoʻllardan shunday tus oldimi, bilolmay halak...

Bir yildirki, Gʻarb davlatlari uzoq vaqt targʻib kelgani adolat, tenglik va hurfikrlilik niqobini yuzidan yulib otdi, xirs, kin va nafrat ufurib turgan basharasini namoyon etdi.

Bir yildirki, Gʻarb malayiga aylangan, sionistlar bilan ogʻiz-burun oʻpishadigan Arab davlatlarining mustabid rahbarlari sakson yildan beri bir parchasini kemirib yotgan dushman sirtlonga aylangani va  ochiq gʻajishga oʻtganini beparvolik va hatto xursandchilik bilan kuzatmoqda...

Bir yildirki, Islom olami – qachonlardir dunyodagi adolatning nazoratchisi boʻlgan ummat bugun xorlik botqogʻida mudragancha birodarining qatliga shohid boʻlmoqda...

Bir yildirki, musulmon mamlakatlarning vijdoni uygʻoq  ammo ojiz aholisi boykot, namoyish kabi imkoni etgan ishlarga harakat qilmoqda, rahbarlarini uygʻotishga urinmoqda...

Bir yildirki, soni bir milliarddan oshiq sunniy olam juda ham kam sonli shialarchalik shijoat koʻrsata olmayotganidan, zulmga shularchalik qarshi tura olmayotganidan xijolat boʻlish oʻrniga, ularning zimdan dushman bilan tili bir ekanini, bu harakatlar “spektakl” ekani aytib, oʻzini ovuntirmoqda...

Bir yildirki, Gʻazoda kuch olgan qirgʻin tobora keng miqyosda davom etmoqda, bir yildirki, Gʻazoda gʻamon qon oqmoqda...

Bir yildirki, dunyo Islom va musulmonlarning qaddini tiklashini, yana shavkatli zamoniga qaytishini va adolat oʻrnatishini mushtoq kutmoqda...

Mavzuga aloqador