25.09.2024 10:20

Iroq armiyasi Sinjar shahrini butunlay nazorat ostiga oldi

 

Iroq armiyasi Mosul viloyatida joylashgan va Kurdiston Ichki partiyasi (PKK) terror tashkilotining tayanch nuqtasiga aylangan Sinjar shahrida nazoratni toʻliq qoʻlga kiritgani, Suriya chegarasigacha boʻlgan hududni butunlay nazorat ostiga olganini maʻʻlum qildi. Hududda tinchlik va xavfsizlik oʻrnatilishi bilan 11 mingga yaqin aholi oʻz uylariga qaytgan.

Iroq armiyasi Mosul viloyatidagi Kurdiston Ichki partiyasi (PKK) terror tashkilotining tayanch nuqtasiga aylangan Sinjar shahrini toʻliq nazoratga oldi, deya xabar bermoqda IHA agentligi. Mosul Gʻarbiy Operatsiyalar Qoʻmondoni general-mayor Ali Fazil Imron oʻz bayonotida Iroq kuchlari Sinjar shahridan Suriya chegarasiga qadar choʻzilgan hududlarda nazoratni qoʻlga kiritganini bildirdi.

Iroq armiyasi, politsiyasi, chegara qoʻshinlari va Hashd ash-Shabi kuchlari Suriya chegarasidagi Mosul viloyati chegaralari ichida 265 kilometrlik hududda toʻliq nazorat oʻrnatganligini tilga olgan Imron Sinjarda xavfsizlik darajasi yuqori ekanini taʻʻkidladi. Barqarorlik oʻrnatilishi ortidan tuman va qishloqlarga 11 mingdan ortiq oila qaytgani taʻʻkidlandi.

PKK 2015 yili AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan operatsiya ortidan Mosuldan taxminan 120 kilometr gʻarbda joylashgan Sinjar shahrini IShID jangarilari qoʻlidan olgan edi. Hudud notinch boʻlgani sababli shahardan koʻchib ketishga majbur boʻlgan minglab oilalar hamon lagerlarda yashab kelmoqda.

Mavzuga aloqador