Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 355 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 53 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41467 kishi shahid boʻldi.

▪️Al-Quds brigadalari Bayt Lahiya shahrida ishgʻolga oid harbiy texnikani yoʻq qildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Al-Xalil, Nablus, Tulkarm, Baytlahm, Jeninga bostirib kirdi. Bir falastinlik halok boʻldi, 15 dan ortiq kishi hibsga olindi.

▪️Hizbulloh urush boshlanganidan beri birinchi marta Tel-Avivga hujum qildi.

▪️Hayfada Atlit harbiy omborlari yonmoqda, Ilaniya, Shamsmun harbiy bazasi va Shayetet13 dengiz guruhiga zarbalar berildi. Safad yongʻin ichida qoldi.

▪️Bosqinchilar Bekaa vodiysi, Livan janubidagi Midun va Saxmar shaharlaridagi tinch aholi nishonlariga hujum qildi. Hujumlar natijasida Bayrutda Hizbulloh qoʻmondoni Ibrohim Muhammad Qubaysiy halok boʻldi.

▪️Livan tashqi ishlar vaziri: Isroilning bombardimon qilishlari tufayli koʻchirilgan livanliklar soni yarim millionga yaqinlashmoqda.

▪️Bosqinchilar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari stantsiyasi joylashgan Suriyaning Tartus shahriga zarba berishga harakat qildi. Suriya havo mudofaasi raketalarni urib tushirdi.

▪️Turkiyadan Livanga yuborilgan gumanitar yordam ortilgan A400M harbiy transport samolyoti Bayrutning Rafik Hariri aeroportiga qoʻndi.

Mavzuga aloqador