Haqiqatlar va yolgʻonlar: HAMAS tizgini kimning qoʻlida?

Ommaviy axborot vositalari HAMAS rahbariyatining ishlash tizimini notoʻgʻri talqin qilib, harakatning sobiq va ayni paytdagi rahbarlari – “moʻʻʻtadil” Ismoil Haniya va “ekstremist” Yahyo Sinvar oʻrtasida ziddiyat yaratmoqda. Bunday fikrlar nafaqat qarshilik harakati rahbarlari, balki butun HAMAS faoliyati haqidagi yuzaki tushunchani namoyon etadi. Aslida esa HAMASda qaror qabul qilish jarayoni ancha institutsionallashgan tizimga ega.

Ommaviy axborot vositalari HAMAS rahbariyatining ishlash tizimini notoʻgʻri talqin qilib, harakatning sobiq va ayni paytdagi rahbarlari – “moʻʻʻtadil Ismoil Haniya va ekstremist Yahyo Sinvar oʻrtasida ziddiyat yaratmoqda. Aslida, HAMASda qaror qabul qilish jarayoni ancha institutsionallashgan tizimga ega.

HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Tehronda oʻldirilganidan soʻng, harakatning yuqori maslahat organi bir ovozdan Sinvarni Haniyaning oʻrniga sayladi. Suiqasd paytida Haniya vositachilar bilan tinchlik muzokaralarida HAMAS nomidan ishtirok etayotgan edi. Koʻplab tahlilchilar Sinvarning rahbar boʻlishi Haniya va boshqa yuqori lavozimli Siyosiy byuro aʻʻzolari siyosatining oʻzgarishi belgisi sifatida talqin qilishdi.

Notoʻgʻri qarashlar

Bunday fikrlar nafaqat qarshilik harakati rahbarlari, balki butun HAMAS faoliyati haqidagi yuzaki tushunchani namoyon etadi. Sinvar rahbarligini oʻtmish bilan aloqasi uzilgan deb hisoblash, Gʻarb tahlilchilarining Falastin rahbarlarini "qirgʻiy va kaptar" yoki "moʻʻʻtadil va qattiq" kabi noaniq, joʻn ikki xil fikrlariga ergashishdir. Bu haqiqatni bayon etmaydi, balki koʻproq narsani yashirishga xizmat qiladi.

Ushbu tahliliy kamchilikni kuchaytiruvchi omil Yahyo Sinvarning ruhiyatiga haddan tashqari eʻʻtibor qaratishdir. Bunday yondashuv murakkab siyosatni shunchaki shaxslarga bogʻlab qoʻyadi va HAMASning qarorlarini asosan shaxsiyat bilan uygʻunlashtiradi. Aslini olganda, tegishli qarorlar keng koʻlamli ichki munozaralar, saylovlar, murakkab muhokamalar, maslahatlashuvlar va institutsional javobgarlik natijasida shakllanadi.

Keng tarqalgan munozaralardagi bu kamchiliklarga qaramay, Sinvarning Siyosiy byuro rahbari sifatidagi faoliyati Haniyaning davridagidan qanchalik farq qilishini oʻrganish kerak. Islomiy harakat siyosatida chindan ham keskin burilish yuz berdimi?

Yakkalanishga qarshi turish

Keskin oʻzgarish masalasini baholash uchun Haniya va Sinvar hayot yoʻllaridagi baʻʻzi oʻxshashliklarni koʻrib chiqish foydadan xoli boʻlmaydi. Eng koʻzga tashlanadigan jihati ularning har ikkalasi ham oxir-oqibat Gʻazo rahbari, keyin esa HAMAS Siyosiy byurosi rahbari boʻlishdi. 1960 yillar boshida Falastindagi qochqinlar lagerlarida tugʻilgan Haniya va Sinvar dunyoga ham qochqin sifatida kelishdi. Bu esa ular goʻdak paytlaridayoq chetlatish, mulkdan mahrum qilish va kamsitish singari turli zulmlarni boshdan kechirganini anglatadi. Ogʻir sharoitlarga qaramay, ikkala rahbar ham Gʻazodagi islomiy harakatga qoʻshildi va yanada koʻproq yakkalanish va siquvga duch kelishdi. Haniya 1992 yilda Livanning Marj al-Zuhur shahriga surgun qilindi. Sinvar esa 1988 yilda qamoqqa olinib, keyingi yili toʻrt karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu musibatlar ularning nafaqat oʻz siyosiy bilimlarini oshirishi, balki HAMASni rivojlantirishdagi muhim rolini cheklab qoʻymadi.

Marj al-Zuhurdagi ogʻir surgun sharoitlarida Haniya HAMASdan tashqaridagi falastinliklar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, Hizbulloh bilan aloqalarni oʻrnatish, arab davlatlari va xalqaro hamjamiyat bilan muzokaralar olib borish tajribasini oshirdi. Bu oxir-oqibat ularning qaytishini talab qiluvchi BMT Xavfsizlik Kengashining muvaffaqiyatli rezolyutsiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi va bir yildan soʻng ularning hayotida yangi davr boshlandi. Diplomatiya va Falastin guruhlari bilan muzokaralar olib borish tajribasi Haniyaga keyingi faoliyatida ham asqotdi. 2006 yilda Haniya Falastinning demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi Bosh vaziri boʻldi. Garchi bu birlik hukumatining barbod boʻlishi shafqatsiz fraktsiyalararo toʻqnashuvlarga va Isroilning Gʻazoni qamal qilishiga olib kelgan boʻlsa-da, u yillar davomida milliy yarashuvga erishish, shuningdek, diplomatik aloqalarni rivojlantirish ustida ishlab keldi.

Sinvar mahbuslik paytida ham harakatning kontrrazvedka imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etdi. Bu jarayonni u 1985 yilda "Majd" nomi bilan tanilgan "Xavfsizlik va ogohlik tashkiloti"ni tashkil etishdan boshlagan edi. Tashkilotning maqsadi xavfsizlik va kontrrazvedka masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish va gumonlanayotgan hamkorlarni aniqlash edi. Sinvar 1988 yilda oʻn ikki kishini sotqinligi uchun qatl etganlikda ayblanib, hibsga olindi. Mahbuslikda Sinvar harakatning kontrrazvedkasini kuchaytirish va falastinlik mahbuslarning salohiyatini oshirish boʻyicha saʻʻy-harakatlarini davom ettirdi. U ivrit tilini mukammal oʻzlashtirdi va juda koʻp kitob oʻqidi. Bu bilimlar vaqt oʻtishi bilan harakatning rivojlanishiga xizmat qildi va Sinvarning qamoqxonadagi HAMAS rahbarlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamladi.

Sinvarning siyosiy tajribasidagi muhim va keng tanilgan voqea 2011 yilda 1000 dan ortiq falastinlik mahbusni, shu jumladan etakchining oʻzini ozod qilish boʻyicha muzokaralarda hal qiluvchi rolʻ oʻynaganligidir. Bu mahbuslar 2006 yilda Qassam brigadasi jangchilari tomonidan asirga olingan isroillik askar Gilad Shalit evaziga ozod qilindi. Sinvar qamoqxonadagi ish tashlashlar va norozilik namoyishlari paytida ham turli fraktsiyalardagi falastinliklarni ehtiyotkorlik bilan jalb qilib, oʻzaro uyushtira olgan edi. Ozodlikka chiqqach, u bu koʻnikmalarini Isroil bilan muzokaralar olib borish va boshqa fraktsiyalardagi falastinliklar bilan hamkorlik qilishda qoʻllay oldi.

Qamoqdan keyingi muzokaralar

Gʻazoga qaytganidan koʻp oʻtmay, Sinvar 2012 yilda HAMAS Siyosiy byurosiga saylandi. Bor-yoʻgʻi besh yildan soʻng, 2017 yilda u Ismoil Haniyadan keyin Gʻazo rahbariyati boshligʻi etib saylandi. Sinvarning Gʻazodagi dastlabki yillari koʻpincha HAMAS ichki saflarini mustahkamlagan va Isroil bilan hamkorlikka qarshi ommaviy kampaniyalar olib borgan davr sifatida baholanadi, garchi bu faoliyat "Majd"ning ilk kunlaridagidan ancha farq qilardi.

Unchalik shov-shuv va dramaga boy boʻlmagan boʻlsa-da, Sinvar Gʻazo rahbariyati boshligʻi sifatida bir qancha murakkab va yoʻnalishni oʻzgartiruvchi muzokaralarda ishtirok etdi.

Isroilning Gʻazodagi qamal siyosatiga oʻn yil toʻlgan paytda, 2 million falastinlikning kundalik turmushi 2017 yilda Mahmud Abbosning bir qator qarorlari Gʻazo izolyatsiyasining iqtisodiy taʻʻsirini kuchaytirganida yanada ogʻirlashish arafasida edi. 2017 yil mart oyida Ramallohda joylashgan Falastin maʻʻmuriyati (FA) Gʻazodagi xodimlarining maoshini 30 foizgacha qisqartirdi. Shu yilning iyunʻ oyida esa Gʻazoga "surgun qilingan" falastinlik mahbuslarning maoshlari butunlay bekor qilindi. Keyin jamoaviy jazo chorasi sifatida baholangan Falastin maʻʻmuriyati va FATH partiyasi rahbari Mahmud Abbosning bahsli qaror bilan soliq imtiyozini bekor qilish orqali sektorning yoqilgʻi taʻʻminoti toʻxtatildi. Bu Gʻazodagi falastinliklar uchun kunlik elektr taʻʻminotini sakkiz soatdan toʻrt soatgacha qisqartirgan energetik inqirozga olib keldi. Oqibatda, Gʻazodagi yagona elektr stantsiyasi ham ishdan chiqdi.

Koʻplab kuzatuvchilarni hayratga solgan qadam bilan, Sinvar Falastin maʻʻmuriyati profilaktika xavfsizlik kuchlarining sobiq rahbari Muhammad Dahlan bilan Ramallohdan kelgan siyosiy oʻzgarishlar oqibatida yuzaga kelgan inqirozlarni hal qilish uchun kelishuvga erishdi. Dahlan ham, Sinvar singari Xon Yunis qochqinlar lagerida tugʻilgan, 2011 yilda partiya rahbariyati bilan kelishmovchilikka uchraguncha FATHning etakchi aʻʻzolaridan biri boʻlgan va keyinchalik BAAga koʻchib ketgan edi. Gʻazo va Gʻarbiy qirgʻoq oʻrtasidagi boʻlinish boshlangan yillari Haniya rahbarligidagi Falastin birlik hukumatini buzishga uringan odam bilan HAMASning kelishuv tuzishi tasavvurga sigʻmas bir hol edi. Biroq, ichki va mintaqaviy vaziyat harakat rahbariyatidan moslashishni talab qilardi va Sinvar muzokaraga tayyor edi.

HAMAS-Dahlan kelishuvi cheklangan muvaffaqiyatga erishdi, ammo u Sinvarning Gʻazo rahbariyati boshligʻi sifatidagi faoliyatining quyidagi ikki muhim jihatini koʻrsatdi: Falastin siyosati va jamiyatining boshqa qatlamlari bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda yangi mintaqaviy vaziyatda tashqi aloqalarni muvozanatlash. Xususan, BAA va Misr hukumatlari bilan yaqin aloqalari orqali Dahlan Rafah chegarasi orqali maʻʻlum miqdorda yoqilgʻi kiritishni taʻʻminladi. Bu muhim yutuq edi, chunki Sinvarning Gʻazo rahbariyati boshligʻi sifatidagi birinchi muddati boshida Misr-HAMAS munosabatlari eng keskin nuqtada edi.

Vaqt oʻtishi bilan Sinvar keyingi oylar va yillarda Misr bilan munosabatlarni yumshatishni davom ettira oldi. 2018-2019 yillarda "Buyuk qaytish yurishi" nomi bilan tanilgan mustaqil Falastin xalq harakatlarining va 2018 yil noyabrda Mossadning Gʻazoga kirib kuzatuv uskunalarini oʻrnatishga urinishining muvaffaqiyatsizligi natijasida vujudga kelgan taʻʻsir kuchidan foydalanib, HAMAS rahbariyati Isroilning Gʻazodagi qamalining taʻʻsirini yumshatadigan bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdi. Bularga Misr bilan Rafah chegarasidan oʻtish cheklovlarining engillashtirilishi, Gʻazoga kunlik kirib kelayotgan tovar va yordam yuklangan yuk mashinalarining koʻpayishi hamda davlat xizmatchilarining maoshlarini toʻlash uchun naqd pul etkazilishi ham kiradi.

Sinvarning 2012 yilda Suriya qoʻzgʻoloni va fuqarolar urushi paytida HAMAS rahbariyati Damashqni tark etganidan keyin HAMASning "Qarshilik oʻqi" deb ataluvchi guruhining boshqa aʻʻzolari bilan munosabatlarini yaxshilashdagi roli keng eʻʻtirof etilgan. Biroq, uning boshqa mintaqaviy kuchlar bilan munosabatlarini yaxshilash va qayta muzokaralar olib borishdagi roli unchalik eʻʻtirof etilmagan.

Sinvar va uning salaflari

Harakat va uning rahbarlari qanday faoliyat yuritishini tushunish uchun HAMAS siyosiy lugʻatidagi ikkita asosiy tushuncha jamgʻarish va maslahatlashuv juda muhimdir. Harakatni umuman olganda yoki xususan Sinvarning Gʻazodagi boshqaruvini tushunish uchun HAMASning rivojlanayotgan institutsional dinamikasi va qudratining bu ajralmas qismlarini hisobga olish zarur.

Jamgʻarish atamasi odatda vaqt oʻtishi bilan erishilgan harbiy yutuqlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Shuningdek, bu tushunchani HAMAS rahbarlarining qamal sharoitida boshqaruvning murakkab masalalarini hal qilish, gumanitar ehtiyojlarni qondirish, mintaqaviy izolyatsiya davrlarini boshdan kechirish, mintaqaviy ittifoqlar tuzish va muvozanatni saqlash hamda boshqa falastin fraktsiyalari bilan milliy yarashuvni amalga oshirish borasida toʻplagan siyosiy koʻnikmalari va tajribasi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish foydali. Siyosiy muvaffaqiyatlar va harbiy kuchni jamgʻarish uchun poydevor yaratish koʻpincha keskin oʻzgarishlardan koʻra izchillikni taʻʻminlaydi.

Maslahatlashuv HAMAS ichidagi eng yaxshi amaliyotlar va tuzilmalarni tavsiflaydi. Harakatning turli darajalarida maslahat organlari mavjud boʻlib, ular siyosiy rahbariyat uchun hisobdorlik va maslahat beruvchi tuzilmalar sifatida faoliyat yuritadi. Aʻʻzolar Gʻarbiy qirgʻoq, Gʻazo, chet ellardagi diaspora va qamoqxonalardagi falastinliklarni qamrab olgan holda saylanadi. Yuqori darajadagi maslahat organi Bosh shoʻro kengashi shaffoflikni taʻʻminlash uchun Siyosiy byuro saylovlarini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi mustaqil organga aʻʻzolarni tayinlaydi. Bu tuzilmalar haqidagi maʻʻlumotlar jamoatchilikka cheklangan holda etib borsa-da, Ismoil Haniyaning oʻldirilishi kabi favqulodda vaziyatda Bosh shoʻro kengashi vorisni tayinlashi (Sinvar bir ovozdan saylangan) maʻʻlum boʻldi.

Maslahatlashuv amaliyoti va tuzilmasi faqat HAMASning siyosiy qanoti bilan cheklanmaydi. Harakatning harbiy qanoti Qassam brigadalari ham maslahatlashuv tartib-qoidalariga ega. Aslida, Sinvar Siyosiy byuroga qoʻshilganidan soʻng harbiy va siyosiy qanotlar oʻrtasida muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajargan. Shimoliy Gʻarbiy qirgʻoqda Qassam brigadalarini tashkil etgan Zohir Jabariy Majd apparatining markazlashuvi haqidagi fikrlar notoʻgʻri ekanligini, chunki gumon qilinuvchilar boʻyicha qarorlar bitta shaxs qoʻlida emasligini, ular koʻp bosqichli jarayonlar hamda alohida "professional apparat" tomonidan qoʻshimcha tergov predmeti ekanini tushuntirdi. Jabariynning taʻʻkidlashicha, xavfsizlik xodimlari ishni notoʻgʻri boshqargan holda, ularga nisbatan jiddiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

Xuddi shu dinamikaga koʻra, Sinvar yoki Haniya kabi rahbar muhim qaror qabul qilganda, ular bunga nafaqat tajribali shaxslar bilan maslahatlashish orqali erishadilar, balki harakat ichidagi va umuman jamiyatdagi oʻz saylovchilari oldida ham javobgarliklarini his qilib turishadi. Gʻazo rahbarligi va Siyosiy byuro boshliqlari sifatida Sinvar va Haniya hamkorlikda ishlagan va koʻpincha milliy yarashuvni qoʻllab-quvvatlash uchun turli guruhlar bilan ommaviy uchrashuvlarda qatnashgan. Ular uchun milliy yarashuv nafaqat FATH bilan munosabatlarni yaxshilash va Falastin siyosiy kuchlarini birlashtirish kabi ustuvor masala edi, balki boshqa siyosiy boʻlinishlarni bartaraf etish, shuningdek, Gʻazodagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishni ham oʻz ichiga olardi. Bularning barchasi kelgusi jangga tayyorgarlik koʻrish, zarur harbiy kuchni toʻplash, xalq qoʻllab-quvvatlashini va siyosiy birlikni taʻʻminlash uchun edi. Koʻrinib turibdiki, maslahatlashuvlar ham yuqoridan pastga, ham pastdan yuqoriga yoʻnaltirilgan.

Sinvar va uning ikki salafining bayonotlari kuch va yutuqlarning toʻplanishi har bir yangi davr oʻrtasida uzluksizlikni qanday taʻʻminlaganini koʻrsatadi. Xolid Meshaal 2013 yil may oyidagi intervʻyusida oʻzining soʻnggi muddati uchun quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgiladi: qarshilik koʻrsatish; Quddusni Falastin ishining markaziga aylantirish; mahbuslarni ozod qilish; qaytish huquqi uchun kurashish va bu kurashda diasporaning rolini oshirish; Falastin fraktsiyalari oʻrtasida milliy yarashuvga erishish va Falastin siyosiy kuchlarini qarshilik koʻrsatish gʻoyasi atrofida birlashtirish; arab va islom olamini jalb qilish; xalqaro hamjamiyat bilan xalq va rasmiy darajalarda muloqot olib borish; HAMAS ichki tuzilmalarini mustahkamlash va harakatni boshqa Falastin tashkilotlari, arablar va musulmonlarga ochiq qilish.

Ikki oy oʻtgach, Misrdagi Mursiy hukumatining agʻdarilishi HAMAS faoliyati uchun vaziyatni tubdan oʻzgartirdi. Bu esa ehtimol, Siyosiy byuro rahbariyatining strategiyasini qayta koʻrib chiqishiga olib keldi. Bu HAMAS uchun yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, atigi bir yil oʻtgach, 2014 yilda Isroilning Gʻazoga qarshi 51 kunlik urushida Qassam jangchilari kamida besh marta Isroil hududiga kirib, uning harbiy bazalarini nishonga oldi va urush davomida ikki askarni oʻldirdi. Bugungi kunda bu tajriba va davomiylikni HAMAS rahbarlarining bayonotlarida kuzatish mumkin. Ular 7 oktyabrʻ operatsiyasining maqsadi mahbuslarni almashtirish uchun Isroil askarlarini asirga olish boʻlganligini tushuntirmoqda.

Siyosiy byuro rahbari sifatida Haniya bilan umumiy qarashlar, xabarlar va ustuvorliklar davom ettirildi. Isroilning 2021 yilda Gʻazoga qarshi urushidan soʻng, falastinliklar tomonidan "Quddus qilichi jangi" deb nomlangan bu urush Quddusdan Gʻarbiy qirgʻoqqa, Isroilning falastinlik fuqarolariga va Livan hamda Iordaniyadagi falastinlik qochqinlar jamoalariga yoyilgan "Birlik intifodasi" deb atalgan Falastin qoʻzgʻoloni bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Ismoil Haniya harakatdagi davomiylik va tajribaning markaziy rolini koʻrsatadigan gʻalaba nutqini soʻzladi.

Haniya jangni "strategik gʻalaba" deb taʻʻriflab, bundan keyingi voqealar "avvalgisiga oʻxshamasligini" eʻʻlon qildi va bu Falastin milliy sahnasi, arab va islom dunyosi, global jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat darajasida "ilohiy gʻalaba, strategik gʻalaba, koʻp qirrali gʻalaba" ekanligini qoʻshimcha qildi.

7 oktyabrʻ arafasida Yahyo Sinvar ham nutq soʻzlab, shunday dedi:

"Mening hisob-kitobimcha, bir yildan oshmaydigan qisqa muddat ichida biz okkupatsiya oldida ikki tanlov qoʻyamiz: yo biz uni xalqaro huquqni amalga oshirishga, xalqaro qarorlarni hurmat qilishga, Gʻarbiy qirgʻoq va Quddusdan chiqishga, aholi punktlarini tugatishga, mahbuslarni ozod qilishga va qochqinlarning qaytishini taʻʻminlashga majbur qilamiz yoki biz bu okkupatsiyani butun xalqaro tartibotga zid harakatga undaymiz. Sionistlarning asl yuzini ochib, keskin va kuchli tarzda izolyatsiya qilamiz hamda uning butun dunyo bilan integratsiyasiga chek qoʻyamiz".

Shularni hisobga olgan holda, Sinvar haqiqatan ham tahlilchilar aytganidek bashorat qilib boʻlmaydigan shaxsmi, deb soʻrash oʻrinlidir. Uning bayonotlari, shuningdek, Sinvarning koʻtarilishini harakatning oʻtmishi bilan butunlay uzilish sifatida talqin qilishni ham shubha ostiga qoʻyadi.

HAMAS vositachi sifatida

Yahyo Sinvar shaxsiyati Gʻarb (va hatto arab) ommaviy axborot vositalarida shov-shuv keltirib chiqargan. Umuman olganda, HAMAS haqidagi bu muhokamalar koʻpincha mish-mishlar, shama-ishoralar va asossiz daʻʻvolarga asoslangan boʻlib, ular tashkilot rahbariyati qismlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni boʻrttirib koʻrsatishga va rahbarlarni "diplomatiya va muzokaralarni yoqlovchi moʻʻʻtadillar" va "harbiy yondashuvni qoʻllovchi qirgʻiylar" kabi toifalarga ajratishga moyil. Sinvar va Haniya faoliyatining ayrim jihatlarini koʻrib chiqish orqali biz har bir rahbarning shaxsiyati va hayot yoʻlining oʻziga xos xususiyatlari ularning fikrlashiga taʻʻsir qilsa-da, bu umumiy harakat qarorining faqat bir qismi ekanini tushunamiz.

Maslahat va jamlash tamoyillariga asoslangan HAMAS bir vaqtning oʻzida ham gorizontal harakat, ham institutlar harakatidir. Shoʻro kengashi kabi samarali institutlar Harakatga Ismoil Haniyaning oʻldirilishi kabi noaniq vaziyatlarda oʻzini yoʻqotmaslikka yordam berdi.

Bu HAMASning Falastin fraktsiyalari orasidagi institutlar qurilishi tarixiga nisbatan misli koʻrilmagan darajada tuzilmaviy harakatchanlik va moslashuvchanlikni namoyish etishining soʻnggi misolidir.

Shunday sharoitda rahbarlar oʻrtasidagi sezilarli farqlar harakat uchun kuch manbai boʻlishi mumkin. Chunki bu unga turli manfaatdor guruhlarning baʻʻzan raqobatlashuvchi talablarini muvozanatlash imkonini beradi. Ayniqsa, yuqori darajadagi kuzatuv, rahbarlarini doimiy oʻldirish va qamoqqa olish tahdidi, tuzilmalari va institutlariga uzluksiz hujumlar sharoitida qaror qabul qilishda bu muhimdir.

Bularning barchasi baʻʻzan harakat rahbarlari oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlishini inkor etmaydi. Bu tashkilot 1987 yilda tashkil etilganidan beri mavjud boʻlgan omildir. Biroq, HAMAS institutlar, tartib-qoidalar va javobgarlik mexanizmlari harakati hamdir. Maslahat, jamlash va turli manfaatdor guruhlar ehtiyojlarini muvozanatlash asosiy qoida boʻlib kelgan. Buning isboti nafaqat davom etayotgan genotsid urushi davomida, balki uning 37 yillik tarixi davomida tashkilot rahbariyatining xabarlarida oshkora va izchil boʻlgan.

2023 yil 7 oktyabrdagi Al-Aqso toʻfoni operatsiyasi va Gʻazodagi keyingi girgʻindan soʻng HAMAS va xususan Yahyo Sinvar shaxsiyati haqida koʻproq savollar tugʻildi. Koʻpchilik hali ham Sinvarni operatsiyaning oldindan aytib boʻlmaydigan bosh rejakori deb ataydi va uning yolgʻiz oʻzi Isroilga qarshi misli koʻrilmagan operatsiyani oʻtkazish qudratiga egaligini taʻʻkidlaydi. Bu HAMASga yaxshilik qilish uchun emas bu "qurolsizlantirilgan" HAMASni boshqaruvga qaytarish uchun bitta "chirigan olma"ni ayblash uchun niqob ham emas. Baʻʻzi oʻzini mutaxassis deb biluvchilar uchun bu tushuntirishdan foydalanish harakatni sayoz tushunishga olib keladi. Boshqalar uchun esa bu Isroilning harbiy muvaffaqiyatsizliklarini yashirish va Sinvarni qoʻlga olishni "toʻliq gʻalaba" oʻrniga qoʻyish uchun kerak. Agar Sinvar HAMAS va HAMAS Sinvar boʻlsa, birini yoʻq qilish ikkinchisini tugatadi, deganidir.

Ammo bizda mavjud boʻlgan oshkora dalillar Yahyo Sinvarning harakatlari uncha kutilmagan emasligini koʻrsatadi. U ham oʻz salaflari kabi tashkilotning qaysi yoʻnalishda ketayotgani haqida ochiq va yaqqol gapirgan. Belgilar kamida ikki yil davomida rasmiy va quyi darajalarda hamma joyda koʻrinib turgan. Yirik davlatlar harakatni past baholaganlari va eʻʻtiborsiz qoldirganlari uchun hayratda qolishdi, ularni aldashgani uchun emas. Sinvar atrofidagi hikoya, shuningdek, "mutaxassislar"ga eng yaxshi holatda harakat haqidagi yuzaki bilimlarini yoki eng yomon holatda samimiy boʻlmagan tahlilni oqlash uchun imkoniyat beradi.

Tahlilchilar bilishi kerak boʻlgan narsa shuki, HAMAS institutlar harakati boʻlib, boshqa har qanday ommaviy harakat singari, u strategiyada emas, balki taktikada kelishmovchiliklari boʻlishi mumkin boʻlgan turli oqimlar va siyosiy yoʻnalishlarni birlashtiradi. Tashkilotning qoidasi geografik tarqoqlik va oldinga siljish boʻyicha turli xil fikrlarga qaramay, uzluksizlikdir. Qizgʻin bahs-munozaralar va ommaviy kelishmovchiliklar boʻlgan, lekin ular sir emas. Bu mustahkam va raqobatbardosh ichki saylovlarga ega boʻlgan tashkilotning dinamikasiga mos keladi.

HAMASdagi ichki kelishmovchiliklar yoki Sinvarning tashkilotni qayta tuzishi haqida "HAMASga yaqin anonim manbalar"ga nisbat berilgan maʻʻlumotlarning juda oz qismigina asoslidir. Ehtimol, davom etayotgan urush natijasida harakatning faoliyati oʻzgarar va buning oqibatida uning tuzilmalari ham oʻzgarishga uchrar. Biroq, ishonchli dalillar paydo boʻlmagunicha, tahlilchilar oʻz fikr-mulohazalarini HAMAS va uning rahbariyati haqidagi ortiqcha sirli jihatlarni yorituvchi koʻplab yozma manbalar, nutqlar va suhbatlarga asoslashlari maqsadga muvofiqdir. Sinvarning harakat tuzilmasini butunlay oʻzgartirib, hokimiyatni oʻz atrofida markazlashtirgani haqida ishonchli dalillar mavjud emas. Ammo Sinvar nafaqat harakat mahsuli, balki uni oʻn yillar davomida shakllantirgan va u bilan birga siyosiy jihatdan ulgʻaygan odamlarni hamda oʻzi yoʻlga qoʻyishga yordam bergan jarayonlarni eʻʻtiborsiz qoldirmagani haqida hisobsiz dalillar mavjud.

Kelajakda, ushbu qirgʻin urushi tugab bitgach, HAMAS haqidagi tushunchalarni oʻzgartiradigan va hozirda tarqalgan taxminlarga zid keladigan yangi maʻʻlumotlar yuzaga chiqishi mumkin.

Hanna Alshayx, Garvard universitetining tarix va Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻyicha falsafa doktori

 

Mavzuga aloqador