Shvetsiya: 2023 yilda Qurʻʻonni yoqqanlardan qasos olishga chaqiruvchi xakerlik hujumi ortida Eron turgan
Shvetsiyada 2023 yil yozida bir necha marta Qurʻʻoni karim namoyishkorona yoqilganidan soʻng 15 mingdan ziyod kishiga Qurʻʻonga oʻt qoʻyganlardan qasos olishga chorlangan SMS-xabarlar yuborilgan edi. Mamlakat hukumati ushbu xakerlik hujumi ortida Eron turganini maʻʻlum qildi.
Shvetsiya Eron
razvedka xizmatini 2023 yilda SMS xizmatini buzib, odamlarni Qurʻʻonni yoqqan
namoyishchilardan oʻch olishga chaqiruvchi xabarlar yuborishda aybladi.
Shvetsiya prokuraturasi bayonotida aytilishicha, 2023 yilning
yozida Qurʻʻonni tahqirlash boʻyicha bir qator norozilik namoyishlari ortidan
"Qurʻʻon yondiruvchilardan qasos olishga chaqiruvchi" 15 mingga yaqin xabar
yuborilgan.
"Maqsad Shvetsiya jamiyatida boʻlinish urugʻlarini ekish boʻlgan", deyiladi xabarda.
Alohida bayonotda Shvetsiyaning Sapo razvedka xizmati
xakerlik guruhi "Eron inqilobiy gvardiyasi nomidan taʻʻsir
kampaniyasini oʻtkazish uchun" harakat qilganini aniqlaganini bildirdi.
"Maqsad, jumladan, Shvetsiyani islomofob mamlakat sifatida tasvirlash
edi", - dedi Sapo
operatsiyalari rahbari Fredrik Xollstryom.
2023
yilning 1 avgustida Shvetsiya matbuoti koʻp sonli odamlar musulmonlarning muqaddas
kitobini yoqqanlardan oʻch olishga chaqiruvchi SMS-xabarlar olganini maʻʻlum qilgandi,
deya taʻʻkidladi rasmiylar.
Prokurorlarning
soʻzlariga koʻra, tergov amaliyot ortida Anzu team deb nomlangan guruh turganini
aniqlagani, shuningdek, gumondorlarni javobgarlikka tortish ehtimoldan yiroq
boʻlgani uchun tergov yopilganini bildirdi.
Oʻtgan
avgust oyida Shvetsiyaning Sapo razvedka xizmati bir qator norozilik namoyishlari,
jumladan, Qurʻʻon yoqilishi ortidan mamlakatdagi xavfsizlikka tahdid darajasini
besh balli shkala boʻyicha toʻrtga koʻtardi.
Shvetsiya va
Yaqin Sharqning bir qancha davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar 2023 yilning yozida
boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari tufayli keskinlashdi.
Oʻsha
yilning iyulʻ oyida iroqlik namoyishchilar Shvetsiyaning Bagʻdoddagi elchixonasiga ikki
marta bostirib kirgan, ikkinchi martasida majmuaga oʻt qoʻygandi.