-
Pulitser mukofoti sovrindori, bengaliya-amerikalik yozuvchi Jumpa Lahiri Nʻyu-Yorkdagi Noguchi muzeyi mukofotini olishdan bosh tortdi. Bunga muzey rahbariyatining avvalroq Falastin bilan birdamlik uchun oq-qora roʻmol kiygan uch xodimni ishdan boʻshatgani sabab boʻldi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 356 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Alisher Qodirov Toshkentda oʻqituvchi oʻquvchini urgani boʻyicha Rossiya TIV Oʻzbekistondan «rasmiy tushuntirish» soʻraganiga munosabat bildirdi. «Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga toʻla oʻzlarining ishlari bilan shugʻullanishsa, toʻgʻri boʻlar edi», — dedi Milliy tiklanish partiyasi raisi.
-
Bangladesh Qurolli Kuchlari ayol zobitlar, askar va tibbiyot xodimlarga oʻz harbiy liboslari uslubiga mos ravishda hijob oʻrashlariga ruxsat berdi. Armiya rahbariyati yangi siyosat ayollarni Bangladesh Qurolli Kuchlari safina qoʻshilishga undashiga umid bildirmoqda.
-
Isroil armiyasi Livan hududiga quruqlikdan hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda zaxiradagi ikki brigadani shimolga oʻtkazmoqda. Havo hujumlarida xalok boʻlgan livandiklar soni esa 609 kishiga etdi.
-
Qozogʻiston yil oxirigacha Germaniyaga 1,2 mln tonna neftʻ eksport qilishni rejalashtirgan. Biroq Germaniya etkazib berish hajmini 2,5 mln tonnaga oshirishni soʻragan.
-
Oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan AQSh prezidentlik saylovoldi munozaralari musulmonlarga yaxshigina saboq berdi. Bu bizga Vashingtonning Falastin masalasida har qanday insoniy qadriyatlarga toʻgʻri keluvchi, adolatli tanlov qilish imkoni yoʻqigini fosh etdi. 2020 yilning yanvarʻ oyida Jo Bayden AQSh prezidentligini qoʻlga kiritgach, Donalʻd Trampning sionistlar bilan osh-qatiqligi barham topayotgandek tuyulgandi.
-
Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida ehson qutisidagi pullarni oʻgʻirlashga uringan shaxs qoʻlga olindi. Ushbu shaxs Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli fuqaro boʻlib chiqdi.
-
Qozogʻiston Oliy sudi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi. Oliy sud maktab rahbariyatining xatti-harakatlari oʻquvchining taʻʻlim olish huquqini buzganini tan oldi. Qizning advokati shunga oʻxshash ishlar allaqachon Pavlodar, Qaragʻanda, Olmaota va Turkiston viloyatlarida ham koʻrib chiqilgani, barcha hollarda viloyat sudlari oʻquvchi qizlarning huquqlari buzilganligini tan olganini bildirdi.
-
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, qator tavsiyalar berdi. Jumladan, xavfsizlik choralarini koʻrishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.