Xalqaro hayot

  • Xalqaro sud Netanyaxu va Galantni hibsga olishga order berishni kechiktirdi.

    Xalqaro sud G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etishda ayblangan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan yakuniy hukm e’lon qilinishini kechiktirdi. Bunga Britaniyaning ushbu masala bo'yicha Xalqaro sud yurisdiktsiyasiga qarshi arizasi sabab bo'lgan.

    Davomini o'qish...
    314
    28.06.2024 12:35
  • Polʻsha Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

    Polʻsha rasmiylari armiyaga chaqiruv va aholini Rossiya bosqiniga tayyorlash boʻyicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Unga koʻra, polyaklarga "taʻʻtilni armiya bilan birga oʻtkazish" taklif etiladi. Hukumat shu yoʻl bilan armiyani yollanma askarlar bilan toʻldirmoqchi. Ayni paytda yozgi kurslarda qatnashmoqchi boʻlganlar 200 mingga yaqin boʻlib, ular zaxiradagi askarga aylanadi.

    Davomini o'qish...
    717
    28.06.2024 10:12
  • Bastrikin rus xalqini haqorat qildi – spiker

    Rossiya parlamenti spikeri Vyacheslav Volodin tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning soʻzlarini tanqid qildi. Gap shundaki, u Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida yigʻilganlarga murojaat qilib, migratsiya siyosatini qattiqlashtirish borasida qachon tuzukroq qonunlar ishlab chiqilishini soʻragan. U ushbu murojaatida "Gosduma" oʻrniga "Gosudarstvennaya dura" (Hokimiyatdagi ahmoqlar maʻʻnosida) soʻzlarini ishlatgan. Maʻʻlumot uchun, yigʻilishda Bastrikin Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq "muhojir" aniqlangani, ulardan 10 ming nafari allaqachon frontga joʻnatilganini ham qoʻshimcha qilgandi.

    Davomini o'qish...
    737
    28.06.2024 09:04
  • Japarov "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi boʻyicha qonunni imzoladi

    Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Yangi temir yoʻl Evroosiyo kontinental koʻprigining janubiy tarmogʻiga aylanadi va Janubi-Sharqiy, Gʻarbiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga, jumladan Turkiya va undan keyin Evropa Ittifoqiga chiqishga yoʻl ochadi.

    Davomini o'qish...
    822
    28.06.2024 07:52
  • Turkiya Isroildagi urushda qatnashayotgan yahudiylarni fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin

    Sunniy kurdlar partiyasi HÜDA-PAR Turkiya parlamentiga Isroildagi urushda qatnashayotgan mamlakat pasportiga ega barcha yahudiylarni fuqarolikdan mahrum etish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Maʻʻlum boʻlishicha, Turkiya fuqarosi boʻlgan 4 ming yahudiy nafaqat Isroilda harbiy xizmatni oʻtagan, balki Gʻazoga borib, begunoh falastinliklarni qirgʻin qilishda qatnashgan. Aniqlanishicha, ularning aksariyati ishgʻolchi davlatga Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali oʻtgan. Qotillar oʻzlarini fosh qilmaslik uchun turli ismlardan foydalangan.

    Davomini o'qish...
    1614
    27.06.2024 16:43
  • Bombalanayotgan Gʻazo: 265-kunning asosiy voqealari

    Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 265 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

    Davomini o'qish...
    730
    27.06.2024 14:42
  • Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming Ukrainadagi urushda qatnashdi

    Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin mamlakatda oʻtkazilgan reydlar davomida RF fuqaroligini olgan 30 ming muhojir (ular begonalarni fuqarolik olsa ham oʻziniki hisoblashmaydi) aniqlangani, 10 ming RF fuqaroligiga ega muhojir Ukrainadagi urushda qatnashganini maʻʻlum qildi.

    Davomini o'qish...
    694
    27.06.2024 13:23
  • Boliviyada harbiylar davlat toʻntarishi uyushtirmoqchi boʻldi

    Harbiylarning isyonidan xabar topgan Boliviya prezidenti xalqdan yordam soʻradi. Shundan soʻng tinch aholi kuch ishlatar tizimlarga qarshi norozilik bildirib, koʻchaga chiqdi. Poytaxtda harbiylar va tinch aholi oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan. Xalq bilan qarama-qarshilikka borishni istamagan armiya guruhlari oʻz pozitsiyalarini tark eta boshlagan. Bundan unumli foydalangan Boliviya maxsus operatsion kuchlari esa toʻntarish tashkilotchisi, oldinroq qoʻmondonlikdan boʻshatilgan Xuan Xose Sunigani hibsga olgan.

    Davomini o'qish...
    785
    27.06.2024 12:48
  • Rus millatchilari Moskva yaqinidagi namozxona eshigini portlatdi

    Fryazino (Moskvadan 20 km uzoqlikda joylashgan shahar) dagi musulmonlar namozxonasida portlash sodir etildi. Portlash uchun javobgarlikni rus neonatsistlari tashkiloti – "Manʻyaklar" (MKU) guruhi oʻz zimmasiga oldi.

    Davomini o'qish...
    809
    27.06.2024 11:25
  • Chet ellik va muhojirlarga qarshi nafrat Rossiyani barbod qilishi mumkin

    Rossiya Bosh prokuraturasining Federal xavfsizlik, millatlararo munosabatlar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish boshqarmasi prokurori Dmitriy Vagurin jamiyatda chet ellik va muhojirlarga nisbatan nafrat sunʻʻiy ravishda qoʻzgʻatilayotgani va bu mamlakatning barbod boʻlishiga olib kelishi mumkinligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni biznes sohalarini egallab olish, Rossiya iqtisodiyoti va oʻziga xosligiga zarar etkazishda aybladi.

    Davomini o'qish...
    859
    27.06.2024 07:35