28.06.2024 10:12

Polʻsha Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda



Polʻsha rasmiylari armiyaga chaqiruv va aholini Rossiya bosqiniga tayyorlash boʻyicha maxsus dasturni ishga tushirdi. 

Unga koʻra, polyaklarga "taʻʻtilni armiya bilan birga oʻtkazish" taklif etiladi. Bundan maqsadi tinch aholini Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlashdir, deb yozadi Associated Press axborot agentligi.

Qayd etilishicha, rasmiylar shu yoʻl bilan armiyani yollanma askarlar bilan toʻldirmoqchi. Ayni paytda yozgi kurslarda qatnashmoqchi boʻlganlar 200 mingga yaqin boʻlib, ularga doimiy asosda (hududiy mudofaa xizmatini davom ettirish uchun) harbiy xizmat taklif etiladi.

“Rossiyaning agressiv siyosati tufayli Polʻsha armiya bilan bayramlar oʻtkazish orqali askar toʻplamoqda", – deyiladi AP'ning izohida.

Bunday tadbirlar Polʻshaning 70 ta hududida, jumladan Rossiya va Belarusʻ chegarasi yaqinida oʻtkaziladi. Unda 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Trening taʻʻtilsiz 28 kun davom etadi va koʻngillilarga 6 ming zloti (1,5 ming dollar) miqdorida haq toʻlanadi. Kursni tamomlaganlar zaxiraga yoziladi.

Avvalroq  Financial Times nashri NATOga aʻʻzo Evropa mamlakatlarida harbiy kadrlarning keskin tanqisligi haqida yozgandi. Tahlilchilarning fikricha, harbiylar qogʻozda jami 1,9 million nafar boʻlsa-da, agar Moskva bilan ziddiyat kuchaysa, ushbu davlatlar 300 mingdan ortiq odamni urushga yubora olmaydi.

Mavzuga aloqador