Xalqaro sud Netanyaxu va Galantni hibsga olishga order berishni kechiktirdi.
Xalqaro sud Gʻazo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantga qarshi yakuniy hukmni eʻʻlon qilishni kechiktirdi. Bunga Britaniyaning mazkur masalada Xalqaro sud yurisdiktsiyasiga qarshi "amicus curiae" ("sud doʻsti") arizasini topshirishi sabab boʻldi.
Gazo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish masalasi choʻzilmoqda. Isroilning “Jerusalem Post” gazetasi xabariga koʻra, Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning sudgacha boʻlgan tribunali sud prokurori Karim Xon tomonidan ilgari soʻralgan order berish boʻyicha qaror qabul qilishni toʻxtatib turishga qaror qilgan.
Kechiktirish Buyuk Britaniyaning ushbu masala boʻyicha Xalqaro sudning yurisdiktsiyasiga qarshi "amicus curiae" ("sud doʻsti") arizasini topshirishi bilan bogʻliq.
Netanyaxu himoyasiga kelgan Londonning iltimosi qondirildi. Bundan tashqari, sudyalar boshqa manfaatdor davlatlarga 12 iyulga qadar shu kabi arizalarni topshirish imkoniyatini berdi.
Payshanba kungi qaror nafaqat Britaniyaning aralashuv haqidagi iltimosini qanoatlantirdi, balki boshqa mamlakatlarga ham bu ishda tortishish huquqini berdi. Shunday qilib, order berish jarayoni endilikda bir necha oyga choʻzilishi bilan mumkin.
Avvalroq Qoʻshma Shtatlar 7 oktyabrdan beri Gʻazoda 37 mingdan ortiq odam halok boʻlgan, 86 mingdan ortiq kishi jarohat olgan Isroil rahbariyatini hibsga olish uchun order berilsa, XJS xodimlariga bevosita tahdid qilgan edi.