27.06.2024 16:43

Turkiya Isroildagi urushda qatnashayotgan yahudiylarni fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin

Turkiya Isroildagi urushda qatnashayotgan yahudiylarni fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin

Turkiya Isroildagi urushda qatnashayotgan mamlakat pasportiga ega barcha yahudiylarni fuqarolikdan mahrum etishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi sunniy kurdlar partiyasi HÜDA-PAR tomonidan parlamentga taqdim etildi.
 
Türkiye Gazetesi nashrining yozishicha, 7 oktyabrdan buyon Gʻazoda 38 ming begunoh falastinliklarning qonini toʻkkan sionist askarlarining 4 ming nafari turk pasportiga ega ekani aniqlangan. Ulardan 400 nafari Turkiyadan ketgani maʻʻlum boʻldi. Isroilda Turkiya pasportiga ega 250 ming kishi yashaydi. Turkiyaning oʻzida esa ikki davlat fuqarolari boʻlgan 20 mingga yaqin yahudiy istiqomat qiladi. Ayni paytda ular Isroil uchun harbiy xizmat qilmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyalik 4 ming sionist nafaqat Isroilda harbiy xizmatni oʻtagan, balki Gʻazoga borib, falastinliklarga nisbatan genotsidda bevosita ishtirok etgan. Tekshiruvlarga koʻra, ularning aksariyati ishgʻolchi davlatga Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali oʻtgan. Qotillar oʻzlarining nomini oshkor qilmaslik uchun turli ismlardan foydalangan. Doʻstlar uyushmasi, CHABAT va Isroildagi Turk xalqlari ittifoqi ushbu jarayonda faol ishtirok etgan. Maʻʻlumotlarga koʻra, Gʻazoda 7 oktyabrdan beri kamida 65 nafar Turkiya fuqarosi oʻldirilgan hamda 110 nafari jarohatlangan.

Isroilda 18 yoshga toʻlgan har bir fuqaro majburiy harbiy xizmatga tortiladi. 1950 yilda Isroilda qabul qilingan qonunga binoan butun dunyodagi yahudiylar avtomatik ravishda Isroil fuqaroligini oladi. Doʻstlar uyushmasi Turkiyada yashovchi yahudiylarning Isroilga olib ketilishi va harbiy xizmatga jalb etilishi uchun jadal ishlayapti. Boshlangʻich maktabdan boshlab sionizm uchun qoʻriqchilar tayyorlaydigan uyushma Turkiyani tark etadiganlarga moliyaviy yordam va Isroilda yashash uchun keng imkoniyatlarni vaʻʻda qiladi.

Turkiyada yashayotganlar esa Isroil tomonida turib, musulmonlarni qirgʻin qilishdan tap tortmayapti. Turk pasportiga ega toʻrt mingga yaqin yahudiy Gʻazoda toʻqqiz oydan beri davom etayotgan urush jinoyatlarida qatnashyapti. Bu raqam zaxiradagi askarlar va koʻngillilarni hisobga olganda 10 mingdan ham oshadi. Turkiyani tark etgan va Isroilda yashovchi yahudiylarning roʻyxati Telʻ-Avivda joylashgan Turk xalqlari ittifoqi deb nomlangan uyushmada mavjud. Ayni paytgacha assotsiatsiyaning 120 mingdan ortiq rasmiy roʻyxatdan oʻtgan aʻʻzosi bor. CHABAT deb nomlangan sionistik tashkilot esa Isroildan tashqarida yashovchi yahudiylarni topish va ularni ishontirishni oʻz zimmasiga oladi.

Nashrning yozishicha, Isroilning "Temir gumbaz" tizimiga masʻʻul generalning ham Turkiya fuqarosi ekanligi aniqlangan. Isroilda yashovchi va Turkiya fuqaroligini olganlarning asosiy markazi Telʻ-Avivdagi Batyam tumanidir. Hududda turkcha uslubdagi restoranlar va qahvaxonalar mavjud.

Mavzuga aloqador