Xalqaro hayot
Ostona ShHT sammitiga tayyor. Unda davlat rahbarlari nimani muhokama qiladi?
Qozogʻistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik yakunlandi. Sammit 3-4 iyulʻ kunlari Ostona shahrida ShHT+ formatida 16 davlat rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu galgi yigʻilishda Turkiya, Belarusʻ, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Qatar, BAA va Turkmaniston rahbarlari ham kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Shuningdek, Belarusning ShHTga toʻlaqonli aʻʻzoligi boʻyicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Davomini o'qish...83702.07.2024 07:52Shavkat Mirziyoev Koʻksaroyda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afgʻon xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi taʻʻkidlangan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni “Oliy darajali doʻstlik” ordeni bilan mukofotlagan.
Davomini o'qish...75801.07.2024 17:11Oʻmon oʻzbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi
Mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin. Maʻʻlumot uchun, yangi qaror 14 iyundan kuchga kirgan.
Davomini o'qish...76101.07.2024 16:32Bombalanayotgan Gʻazo: 269-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 269 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...85201.07.2024 15:57AQShda politsiyachi 13 yoshli musulmon bolani otib oʻldirdi
AQShda politsiyachi Mʻyanmadagi genotsiddan qochib, okean ortiga boshpana izlab borgan musulmon oilaning 13 yoshli farzandini otib oʻldirdi. Rasmiylar ushbu hodisada politsiyachini oqlab, bolaning qoʻlida oʻyinchoq qurol boʻlganini sabab qilib keltirmoqda. Politsiyachining oʻzi esa bola va uning sherigi Manxetten shimoli-gʻarbidagi doʻkonni umargan talonchilarga juda oʻxshashligini bahona qilgan
Davomini o'qish...76601.07.2024 14:15Frantsiyadagi saylovlarda Makronning partiyasi magʻlub boʻldi
Kecha, 30 iyunʻ kuni Frantsiyada parlament saylovlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, oʻta oʻngchi “Milliy birlik” partiyasi 34,2% ovoz bilan etakchilik qilmoqda. Chap qanot koalitsiyasi – “Yangi xalq fronti” 29,1% ovoz toʻplagan boʻlsa, iqtidordagi prezident Emmanuelʻ Makronning partiyasi esa 21,5% ovoz bilan 3-oʻrinni band etgan. Eslatib oʻtamiz, Makron Bratislavadagi Globsec xavfsizlik forumida Evropa xavfsizlik borasida AQShga qaram boʻlmasligi kerakligini aytib chiqqandi.
Davomini o'qish...72301.07.2024 13:06Shri-Lanka urushda halok boʻlgan fuqarolari uchun Rossiyadan tovon puli talab qildi
Shri-Lanka delegatsiyasi Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya armiyasi safida Ukrainadagi urushda oʻldirilgan va yaralangan Shri-Lanka fuqarolari uchun tovon puli toʻlash masalasini koʻtardi. Mamlakat rasmiylariga koʻra, urushda kamida 17 nafar shri-lankalik halok boʻlgan, 37 nafari yaralangan va oʻndan ortiq odam asirda saqlangan boʻlishi mumkin.
Davomini o'qish...66101.07.2024 11:44Husiylar boshqaruvchisiz qayiq bilan yunon kemasiga hujum qildi
Husiylar Qizil dengizda Isroilga yoʻl olgan Gretsiyaning Transword Navigator savdo kemasiga hujum qildi. Hujum qarshilik harakatining Toofan boshqaruvchisiz kamikadze qayigʻi orqali amalga oshirilgan. Sionistlar bunday dronlar Yaman raketalariga qaraganda bir necha barobar xavfli ekanini taʻʻkidlayapti.
Davomini o'qish...80401.07.2024 10:26AQSh Isroilga falastinliklarni portlatish uchun qancha bomba etkazib berdi?
Qoʻshma Shtatlar Isroilga urush boshlanganidan beri 6,5 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatgan. Jumladan, AQSh falastinliklar qirgʻini uchun 10 000 dan ortiq oʻta vayron qiluvchi 907 kg.li bombalar va minglab Hellfire raketalarini yuborgan.
Davomini o'qish...74801.07.2024 09:31Turkiy davlatlar harbiy hamkorligi kuchaymoqda – ekspert
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) yangi geosiyosiy oʻyinchi sifatida xalqaro maydonga chiqdi. Bu haqda Amerikaning Eurasia Review nashrida tahliliy maqola chop etildi. Maqolada har bir davlat TDTning teng huquqli aʻʻzosi hisoblanishi tashkilotning yutugʻi sifatida eʻʻtirof etilgan. Muallif MDH, Britaniya hamdoʻstligi yoki Frankofoniya singari tashkilotlarda sobiq mustamlakachi davlatlar etakchilik qilishi, qolgan davlatlar esa siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik masalasida kuchlilarning gapiga quloq solishini qoʻshimcha qilgan.
Davomini o'qish...81601.07.2024 08:31