28.06.2024 09:04
Bastrikin rus xalqini haqorat qildi – spiker
Rossiya parlamenti spikeri Vyacheslav Volodin tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning soʻzlarini tanqid qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Volodinning aytishicha, tergov qoʻmitasi rahbari quyi palatani "Gosduma" oʻrniga "Gosudarstvennaya dura" (Hokimiyatdagi ahmoqlar maʻʻnosida), deb bevosita “xalqni haqorat qilgan”.
"Deputatlar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari tomonidan saylangan, Bastrikin ularning shaʻʻnini erga urish orqali bevosita xalqni haqorat qildi", - degan spiker.
Gap shundaki, 27 iyunʻ kuni Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin migratsiya siyosatini qatʻʻiylashtirish zarurligini aytib, Davlat dumasi deputatlarini muhojirlarga qarshi qonunlarni koʻrib chiqishni kechiktirishda aybladi.
“Bu erda deputatlar yoʻqmi? Siz deputatsiz, toʻgʻrimi? Iltimos, menga Davlat dumasida nima boʻlayotganini ayting! Ular vaziyatning keskinligiga mos yangi qonunlarni qachon qabul qiladi? Bizning "Gosudarstvennaya dura" qachon yaxshi qonunlar qabul qilishi mumkinligi haqida bilishni istardim", – degan u.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakatda Rossiya fuqaroligini olgan va harbiylar roʻyxatidan oʻtishni istamagan 30 mingdan ortiq muhojir “aniqlangan”. Ulardan 10 ming nafari allaqachon Ukrainadagi urushga joʻnatilgan.