Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 265 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga, Xon Yunus va Bayt Lahiyaga hujum qilib, oʻnlab falastinliklarni oʻldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 37 718 kishiga etdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jeninga bostirib kirishdi. Natsistlar Al-Aqso shifoxonasini qamal qilib, uylarga snayper joylashtirdi. Jenin qarshilik kuchlari ishgʻol buldozerini portlatib yubordi. 17 bosqinchi yaralangan.

▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazo janubida natsistlar guruhiga qarshi muvaffaqiyatli operatsiya oʻtkazdi. Bosqinchilarning xabar berishicha, 14 askar yaralangan. Halok boʻlganlar haqidagi maʻʻlumotlar oshkor qilinmayapti.

▪️Husiylar Isroilning Sarah V konteyner kemasiga qarata tovushdan tez harakatlanuvchi ballistik raketa uchirgani videosini eʻʻlon qildi. Bu bilan Yaman qarshilik harakati ballistik raketasini namoyish etgan ikkinchi davlatga aylandi. Birinchisi Rossiya edi.

▪️Iroq islomiy qarshilik kuchlari Husiylar bilan birgalikda Hayfa portidagi kemaga hujum qildi.

▪️Bosqinchilar Damashqqa hujum qilishdi. 2 kishi halok boʻldi, 1 kishi yaralandi.

▪️BMT: 3 kun ichida Isroil harbiylari Gʻarbiy Sohilda 113 ta hujum va hibsga olish reydlarini amalga oshirdi. 3 kun ichida 80 dan ortiq falastinlik qoʻlga olingan.

Mavzuga aloqador