Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 2024 yil 6 iyunʻ kuni Pekinda imzolangan "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida"gi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident maʻʻmuriyati qonunning maqsadi uch davlat oʻrtasidagi bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini amalga oshirishdan iborat ekanligini taʻʻkidladi.

Hujjatga muvofiq, Qirgʻiziston, Xitoy va Oʻzbekiston temir yoʻl loyihasini amalga oshirish uchun Qoʻshma loyihaviy kompaniya (QLK) tuziladi. Loyihani amalga oshirish uchun ustav kapitalidagi ulushlar uch mamlakat oʻrtasida taqsimlanadi: Xitoyga ulushning 51 foizi, Qirgʻiziston bilan Oʻzbekistonga esa 24,5 foizdan tegadi.

Shartnomada temir yoʻl yoʻnalishi "Qoshgʻar - Toʻrugʻart - Maqmal - Jalolobod - Andijon" shaklida koʻrsatilgan.

Avvalroq loyiha qiymati 4,7 milliard dollarga baholanagan edi. Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarovga koʻra, temir yoʻlning qurilishi joriy yilning avgustidan boshlanadi.

Mavzuga aloqador