27.06.2024 13:23

Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming Ukrainadagi urushda qatnashdi

Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin mamlakatda oʻtkazilgan reydlar davomida RF fuqaroligini olgan 30 ming muhojir (ular begonalarni fuqarolik olsa ham oʻziniki hisoblashmaydi) aniqlangani, 10 ming RF fuqaroligiga ega muhojir Ukrainadagi urushda qatnashganini maʻʻlum qildi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastriykin RF fuqaroligini olgan 10 ming muhojir Ukrainadagi urushda qatnashganini maʻʻlum qildi.
Bu haqda u Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Xalqaro yuridik forumdagi nutqida toʻxtalib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, muhojirlar asosan front ortida, istehkomlar quruvchi qismlarda xizmat qilish uchun urushga joʻnatilgan.
“Biz Konstitutsiya va qonunlarimizda fuqarolikni olgan shaxslar harbiy roʻyxatdan oʻtishi va kerak boʻlsa, maxsus harbiy amaliyotda qatnashishi kerakligi toʻgʻrisidagi qoidalarini amalga oshirishga kirishdik”, — dedi Bastrikin.
Shuningdek, u reydlar davomida Rossiya fuqaroligini olgan 30 mingdan ortiq muhojirlar roʻyxatga olinganini taʻʻkidladi.
Avvalroq Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari 2024 yilning toʻrt oyida Rossiya poytaxtiga 1,2 milliondan ortiq muhojir kelganini maʻʻlum qilgandi.

Mavzuga aloqador