Xalqaro hayot
Qirgʻizistonda sel kelishi oqibatida 9 kishi halok boʻldi
Oʻsh viloyati Novqat tumani Abshir Ota qishlogʻiga sel kelishi oqibatida qurbon boʻlganlarning aksariyati 8 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlardir. Hududda favqulodda holat eʻʻlon qilingan. Oʻsh–Botken avtomobilʻ yoʻlida koʻprik qulab tushgani aytilmoqda.
Davomini o'qish...95601.07.2024 07:30Arab davlatlari ligasi Hizbullohni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi
Bayrutda Arab ligasi bosh kotibi yordamchisi Husam Zaki qarshilik harakati siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad Raad bilan uchrashib, unga liga qarorini maʻʻlum qilgan. Jurnalistlar bilan suhbatda misrlik diplomat Hizbullohning Isroil bilan mojarosi kengayishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini hamda barcha tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga rioya qilishi kerakligini qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, 2016 yilda Arab ligasi Saudiya tashabbusi bilan Hizbullohni terror tashkilot deb tan olgandi.
Davomini o'qish...78729.06.2024 18:25Putin koʻproq yadroviy raketalar ishlab chiqarishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi aʻʻzolari bilan onlayn muloqotida koʻproq oʻrta va qisqa masofali yadroviy raketalar ishlab chiqarish kerakligiga eʻʻtibor qaratdi. Rossiya etakchisi AQShning butun dunyo boʻylab shunday qurollari borligi, Rossiya ham oʻz xavfsizligini taʻʻminlash uchun maʻʻlum nuqtalarga yadro kallaklarini tashuvchi raketalarini joylashtirishi kerakligini taʻʻkidlagan.
Davomini o'qish...63429.06.2024 15:45Bombalanayotgan Gʻazo: 267-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 267 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...73629.06.2024 14:15Oʻzbekistonlik harbiylar xalqaro musobaqada gʻolib boʻldi
Mudofaa vazirligi Chirchiq togʻ poligonida MDH davlatlari boʻyicha "Makarov" pistoleti va "Kalashnikov" avtomatidan oʻq otish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtganini maʻʻlum qildi. Rossiya, Belarusʻ, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etgan musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar gʻolib deb topilgan.
Davomini o'qish...71529.06.2024 13:23AQSh Isroilning Patriot mudofaa tizimlarini Ukrainaga bermoqchi
AQSh, Isroil va Ukraina Kievga sakkiztagacha Patriot havo mudofaa tizimini etkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Mutaxassislar agar havo hujumidan mudofaa tizimi Kievga topshirilsa, bu mamlakatning mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini taʻʻkidlashmoqda. Shunga qaramay, juda ehtiyotkor ishgʻolchi hukumat Isroilning Ukrainaga yordam koʻrsatish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishi uning Rossiya bilan munosabatlari yomonlashishiga olib kelishidan qoʻrqyapti.
Davomini o'qish...63029.06.2024 10:15Isroil Hindistonga qarzlarini eslatdi
Sobiq Isroil elchisi Deniel Karmon Hindistonga sionistlar oldidagi qarzlarini eslatib qoʻydi. Karmonning aytishicha, 1999 yilgi Hindiston va Pokiston urushi paytida Isroil hindlarni qoʻllagan kamsonli davlatlardan biri boʻlgan. Endi esa ularning qarzini toʻlash payti kelgan. Eʻʻtiborlisi, Karmonning ushbu bayonoti Hindiston Gʻazodagi begunoh falastinliklarni qirish uchun ishgʻolchilarga uchuvchisiz uchoqlar va artilleriya snaryadlarini etkazib berayotgani fonida paydo boʻldi.
Davomini o'qish...68329.06.2024 08:00Evropa ittifoqi Oʻzbekistonning 3 ta kompaniyasiga sanktsiya qoʻlladi
Evropa ittifoqining 14-sanktsiyalar paketi Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur etkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar boʻlgan 116 nafar jismoniy va yuridik shaxsni oʻz ichiga oladi. "Qora roʻyxat"ga Rossiya korxonalaridan tashqari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston kompaniyalari ham kiritilgan. Jumladan, Oʻzbekistonning 3 ta – Alfa Beta Creative LLC, GFK Logistics Asia LLC, Mvizion LLC kompaniyalariga nisbatan jazo choralari qoʻllanilgan.
Davomini o'qish...88728.06.2024 17:00Eronda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Ushbu poygada kimlar ishtirok etdi?
Eronda bugun, 28 iyunʻ kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boʻldi. Ushbu lavozimni egallash uchun fors mamlakatida toʻrt nomzod – uch konservator va bir islohotchi kurashdi.
Davomini o'qish...73828.06.2024 16:13Bombalanayotgan Gʻazo: 266-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 266 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Davomini o'qish...79928.06.2024 14:27