Chet ellik va muhojirlarga qarshi nafrat Rossiyani barbod qilishi mumkin
Rossiya Bosh prokuraturasining Federal xavfsizlik, millatlararo munosabatlar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish boshqarmasi prokurori Dmitriy Vagurin jamiyatda chet ellik va muhojirlarga nisbatan nafrat sunʻʻiy ravishda qoʻzgʻatilayotgani va bu mamlakatning barbod boʻlishiga olib kelishi mumkinligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni biznes sohalarini egallab olish, Rossiya iqtisodiyoti va oʻziga xosligiga zarar etkazishda aybladi.
Jamiyatda
xorijlik va muhojirlarga nisbatan nafrat sunʻʻiy ravishda kuchaytirilmoqda. Bu
Rossiya Federatsiyasining rivojlanishini sekinlashtirish va uni yoʻq qilish maqsadida
qilinmoqda. Bu haqda RF
Bosh prokuraturasining Federal xavfsizlik, millatlararo munosabatlar, ekstremizm
va terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish
boshqarmasi prokurori Dmitriy Vagurin maʻʻlum qildi.
"Migrantlarning qolishlari bilan bogʻliq koʻplab asosli
xavf va qoʻrquvlar bilan
birgalikda, radikal fikrli shaxslar koʻpincha chet elliklarga nisbatan
sunʻʻiy ravishda nafrat uygʻotadi, ayrim odamlarning salbiy harakatlarini butun
bir xalq uchun xatti-harakatlar namunasi sifatida koʻrsatadi", - dedi rasmiy oʻzining Jamoatchilik
palatasida zamonaviy ekstremizm tendentsiyalari va xavf-xatarlari mavzusidagi
nutqida.
Vagurin
Telegram kanallarida irqchilik va millatchilik mazmunidagi chiqishlar oshib
borayotganini taʻʻkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, ularda xorijliklarga oid juda
koʻp salbiy axborot xabarlari chop etilmoqda.
"Bu mamlakat aholisini boʻlish, xalqlar oʻrtasida adovat urugʻini ekish va oxir-oqibat
Rossiyaning rivojlanishini sekinlashtirish va hatto uni yoʻq qilish uchun qilinmoqda",
- dedi RF Bosh prokuraturasi vakili.
Rasmiy, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan
muhojirlar Rossiya biznesiga zarar etkazayotgani va Rossiya oʻziga xosligiga putur
etkazayotganini aytdi: “Aslida migrantlar anklavlar tashkil qiladi, biznes
sohalarini egallab oladi va oxir-oqibatda nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga zarar
etkazadi, balki oʻzligimizni ham yoʻqotamiz”.
“Soʻnggi yillarda keluvchilar tarkibi keskin oʻzgardi, aksariyat muhojirlar Markaziy
Osiyoning qoʻshni respublikalaridan kelishmoqda. Koʻp sonli muhojirlar, har yili plyus-minus 15 million kishi,
asosan tegishli taʻʻlim va madaniyat darajasiga ega boʻlgan mehnat muhojirlari,
ularning koʻplari hatto rus tilini minimal darajada bilishmaydi, chunki SSSR
parchalanishi bilan ularning vatanlarida bu tilni oʻrganishni toʻxtatib qoʻyishgan”, -
deya qoʻshimcha qildi prokuror.