-
Iroq va Qoʻshma Shtatlar xalqaro koalitsiya missiyasini 2025 yilning sentyabrigacha yakunlashini eʻʻlon qildi. Biroq Vashington bu "hali qoʻshinlarni olib chiqish emas"ligini taʻʻkidladi.
-
AQShning Nʻyu-York shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi oʻrtasida «C5+1» formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
-
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxan Falastin davlatini yaratish va ikki davlat echimini amalga oshirish uchun xalqaro koalitsiya tuzilganini eʻʻlon qilib, birinchi uchrashuv Ar-Riyodda boʻlib oʻtishini bildirdi. U Falastin davlatini yaratish koalitsiyasi Evropa hamkorligi va arab davlatlarining saʻʻy-harakatlari samarasi ekanini taʻʻkidladi.
-
AQShda qotillikda aybdor deb topilgan imom Marselus «Xalifa» Uilʻyams oʻlimga olib keladigan inʻʻektsiya orqali qatl etildi. Uilʻyam 1998 yilda jurnalist Felisiya Geylni oʻldirganlikda ayblanib 2001 yilda oʻlimga hukm qilingan. Prokurorlar qotillik qurolida uning DNKlari topilmaganini aytib, "yanada kengroq tergov oʻtkazish" uchun ijroni kechiktirishni soʻraganiga qaramasdan, hukm ijro etildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 357 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Pokiston shimoli-gʻarbida shia va sunniylar oʻrtasidagi er uchun janjallar qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. Oqibatda 37 kishi halok boʻldi, 150 dan ortiq kishi jarohatlandi. Toʻqnashuvlar davom etmoqda.
-
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligini aytdi. Avvalroq Toshkentdagi maktabda rus tili oʻqituvchisi oʻquvchini urgani yuzasidan RF TIV rasmiy vakili Oʻzbekistondan rasmiy tushuntirish soʻralganini maʻʻlum qilgan edi.
-
Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida Livanning turli hududlariga havo hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda, natijada 94 kishi halok boʻldi, 168 kishi tan jarohati oldi. Livan SSV hujumlar natijasida jami 748 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
-
Qozogʻiston hukumati Amir Temur tomonidan bunyod etilgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini davlat muhofazasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur qadam Qozogʻistonda turizm sanoatini yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishi kutilmoqda.
-
Nashr muharrirlari jurnalistlarga "genotsid" va "etnik tozalash" kabi atamalardan foydalanishni cheklaydi, kamdan-kam hollardagina Falastin soʻzi ishlatiladi, qochqinlar lagerlari va Isroil tomonidan bosib olingan hududlarni tasvirlovchi soʻzlarga ham tsenzura oʻrnatilgan.