08.02.2025 08:32
Saudiya Umra ziyorati uchun meningitga qarshi emlash talabini bekor qildi
Saudiya Arabistoni Umra ziyorati uchun meningitga qarshi emlash talabini bekor qildi
Saudiya Arabistoni hukumati Umra ziyorati uchun mamlakatga tashrif buyuruvchilarga qoʻyilgan meningitga qarshi majburiy emlash talabini bekor qildi.
Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (GACA) barcha aviakompaniyalarga emlashni talab qiluvchi tsirkulyarning bekor qilingani haqida rasmiy koʻrsatma yubordi. Bu esa Umra ziyoratini rejalashtirayotgan ziyoratchilar uchun muhim engillik yaratadi.
Eslatib oʻtamiz, Saudiya hukumatining emlanishni talab qiluvchi qarori 2025 yil 1 fevraldan amal qilayotgan edi. Bunda ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga joʻnab ketishdan kamida 10 kun va koʻpi bilan 3 yil oldin meningitga qarshi emlanganlik sertifikatiga ega boʻlishlari shart edi. Ammo yangi qarorga muvofiq, endi bu talab amal qilmaydi.
Saudiya hukumati Umra ziyoratchilari uchun yangi tartiblar haqida rasmiy maъlumotlarni oʻz veb-sayti va diplomatik kanallar orqali taqdim etishda davom etmoqda.