17.06.2025 11:33
51

Xitoy Qozogʻistonda ikkinchi AESni quradi



Qozogʻiston mamlakatdagi ikkinchi atom elektr stantsiyasini quradigan konsortsium rahbari sifatida Xitoy Milliy Yadro Korporatsiyasini (CNNC) tanladi. 

Atom energetikasi agentligi raisi Almasadam Satkalievning aytishicha, hukumat Xitoy bilan atom sohasidagi hamkorlik boʻyicha bosh kelishuvni imzolamoqchi. Satkaliev Pekin bilan hamkorlikni Ostona uchun ustuvor yoʻnalishlardan biri ekanligini taъkidlagan. Shuningdek, AES qurilishi uchun Xitoy texnologiyalari va tajribasiga katta qiziqish borligini aytib oʻtdi.

"Dunyo miqyosida butun atom tsiklini oʻz kuchi bilan amalga oshira oladigan mamlakatlar soni unchalik koʻp emas. Shubhasiz, Xitoy barcha zarur texnologiyalarga, toʻliq sanoat va ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan davlatlardan biridir", degan Satkaliev.

Oldinroq, Qozogʻiston birinchi atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha konsortsiumga rahbarlik qilish uchun "Rosatom"ni tanlagan edi.

Mavzuga aloqador