18.06.2025 14:41
138
Islomga koʻra turmush qurish yoxud insoniyatni hayvonotdan ajratib turuvchi xususiyat
Alloh taolo yaratgan inson fitrati erkaklar bilan ayollarning birlashishini taqozo etadi. Shu tariqa inson urugʻi davom etadi va er yuzida hayot bardavom boʻladi. Alloh taolo shu yoʻl bilan dunyo neъmatini saqlanib qolishini va tabiatdagi tabiiy kuchlarni Oʻzi istagan vaqtga qadar insoniyatga boʻysundirib berishni xohladi. Agar Alloh taolo insoniyatni mana shunday fitratda yaratmaganida edi, er yuzi qisqa vaqt ichida zavol topgan boʻlardi.
Shuningdek, Alloh taolo insonlarni hayvoniy tabiatlariga ergashadigan, hayvonlar kabi har bir erkak istagan ayoli bilan birlashib ketaveradigan qilib qoʻyishi ham mumkin edi. Lekin bu narsa Alloh taolo tomonidan er yuzida boshqa maxluqotlardan koʻra mukarramroq qilingan va koinotning eng qudratli borligʻi boʻlgan insoniyat uchun juda katta xatar tugʻdirar edi.
Agar Alloh taolo insoniyatni boshqa tirik jonzotlar kabi oʻzining hayvoniy tabiatiga havola qilib qoʻyganida edi, ularning koʻpchiligi bir ayolga ega boʻlish uchun harakat qilar, ularning barchasi turli hilalar payidan quvib, oʻzidagi manmanlikni qondirish uchun bor kuchini ana shu ayolga ega chiqish uchun sarflagan boʻlardi. Bu esa turli xil fasodning yuzaga chiqishiga sabab boʻlar edi.
Agar Alloh taolo insoniyatni boshqa tirik jonzotlar kabi oʻzining hayvoniy tabiatiga havola qilib qoʻyganida edi, ularning farzandlariga boʻlgan eъtiborlari kamayib ketardi. Farzand esa zaif jonliq boʻlib, qarovga va parvarishlanishga ehtiyoj sezadi. Qolaversa, bu holatda farzand oʻz otasining kimligini ham bilolmasdi. Shu tariqa insonlarning ichida qarovsiz qolardi.
Bundan ayon boʻladiki, insonning oʻzining hayvoniy tabiatiga havola qilish zulmga, hasadga, adovatlashishga, kindorlikka va bundan tashqari zurriyotlarning zoe boʻlishiga, eъtiborsiz tashlab ketilishiga olib kelardi. Shu zaylda jaholat va uning natijasi boʻlmish buzuq axloq, yomon odatlar va jirkanch muomalalar keng yoyilar edi. Bundayin, razolatga botqogʻiga botgan insoniyat Alloh taoloning er yuzidagi xalifaligiga loyiq boʻla olmasdi.
Shuning uchun ham Alloh taolo paygʻambarlari orqali turmush qurishni joriy qildi. Bundan koʻzlangan maqsad, bu narsani erkak va ayolning oʻrtasida aloqa oʻrnatuvchi vosita qilish, er-xotinning bir-birining haqlariga rioya qilishlarini taъminlash va turmushni oʻzaro aloqalarida chegarani belgilab beruvchi nizomga aylantirish edi. Agarda Islom shariatining er-xotinning bir-birlaridagi haqlarini koʻrsatib beradigan, ikkisining ham had-hududini belgilab beradigan, ikkisi uchun ham toʻgʻri yoʻlni chizib beradigan ushbu turmush nizomi boʻlmaganida edi, ulardan biri ikkinchisining dushmanligidan omonda qolmasdi, turmush ikkala tarafning bir-biriga yordamchi boʻlishiga etarli sabab boʻla olmasdi, kamchiliklarni va hayotning qiyinchiliklarini birgalikda engib oʻta olishmasdi.
Agarda Islom shariatining ushbu turmush nizomi boʻlmaganida edi, turmush qurish, Qurъoni karim ishora qilgani kabi mehr-muhabbat sababchisi boʻlolmasdi: “Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun oʻzingizdan juftlar yaratgani va oralaringizda mehru muhabbat va marhamatni solib qoʻygani Uning oyat(belgi)laridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir”, (Rum surasi, 21 oyat).
Islom shariati ushbu aloqalarning chegarasini belgilab berish va koʻrsatmalarini berish orqali oilaviy saodatga eltuvchi eng yaqin yoʻlni koʻrsatib bergan. Turmush oʻrtoqlilikning poyiga eng mustahkam turtkilarni toʻshagan. Bu narsani quyidagi soʻzlar bilan ifodalash mubolagʻa boʻlmaydi albatta: Islom shariati rozi boʻlgan yoʻl, bu butun borliqning fitratiga mos boʻlgan yoʻldir. Bu yoʻl ijtimoiy hayotga tom maъnoda muvofiq keladi. Lekin bu narsaga ushbu Islomiy koʻrsatmalarni oʻrganish va kamol topishga qasd qilish orqaligina erishish mumkin.
Bugungi kunda baъzi musulmonlarning turmush tarzlarida tanqidga sazovor holatlar koʻrilayotgan boʻlsada, bu narsa yuqoridagi haqiqatni oʻzgartirmaydi. Chunki ular qilayotgan xato ishlar dinning koʻrsatmalari orasida joy olmagan. Aksincha, bu muammolarning sababi, ularning ushbu koʻrsatmalarda bayon qilingan keng yoʻldan yuz oʻgirganliklari, Allohning buyruqlariga amal qilmaganliklari, hayvoniy maqsadlar bilan er yuzida fasod yoyganliklari va shariatning islohotiga quloq tutmaganliklari boʻladi.
Shu oʻrinda eslatib oʻtish joizki, ayol huquqlari deb jar solayotgan kimsalar biroz popuklarini pasaytirishlari, dargʻazablikdan voz kechishlari va shu bilan birga ayol kishini haq-huquq bilan taъminlagan birinchi shariat – bu Islom ekanini uqib olishlari kerak. Islom ayollarga insoniylik maqomidan joy berib, ularni eъzozladi. Biz nazarda tutayotgan ana shu ayol huquqlari jarchilari ayol kishiga qanchalik yaxshilikni ravo koʻrishsa koʻrishsin, unga Alloh taolo ravo koʻrgan narsadan koʻra yaxshirogʻini bera olmaydilar.
Muhiddin Abdulhamidning “Shaxsiy hollar” kitobidan