18.06.2025 11:50
28
Hindiston Pokistonga oqayotgan suvni oʻz hududiga yoʻnaltirmoqchi
Hindiston Pokistonga oqib oʻtadigan uchta daryoning “ortiqcha suvi”ni oʻzining Panjob, Xaryana va Rajastxan shtatlariga yoʻnaltirmoqchi. Buning uchun 113 kilometr uzunlikdagi kanal qurish ishlari olib borilmoqda.
NDTV'ning xabar berishicha, loyiha 1960 yilda Hindiston va Pokiston oʻrtasida imzolangan Hind daryosi suvlari toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida amalga oshiriladi. U Jelum, Chenab va Hind daryolari suvidan “samarali foydalanishga” qaratilgan. Ayni paytda Hindiston bu daryolar suvining katta qismidan foydalanmaydi. Chunki ularning tabiiy yoʻnalishi mamlakat uchun “kam foydali” boʻlgan traektoriya boʻylab oʻtadi.
Loyihada “ortiqcha suv”ni chiqarib yuborish uchun yangi kanallar qurish koʻzda tutilgan. Ichki ishlar vaziri Amit Shoh endi Pokiston “bir tomchi suvga zor boʻlishini” taъkidladi.
U Hind daryosi suvlari uch yil davomida Ganganagar shahriga yoʻnaltirilishini maъlum qilgan.