17.06.2025 14:14
49
150 nafar rossiyalik ziyoratchilar BAA da qolib ketishdi
Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ado etgan va BAA orqali uylariga qaytishi kerak boʻlgan jami 150 nafarga yaqin rossiyaliklardan iborat uch guruh Sharja reysini toʻrt kundan beri kutishga majbur boʻlmoqda. Ziyoratchilardan biri Ramazon Chomaevning RIA Novostiga aytishicha, ularning qachon uchishi hali nomaъlum.
“Yakshanba kuni kechqurun uchishimiz mumkinligini aytishgandi, keyin esa yana bekor qilishdi, kutyapmiz”, degan u. Ziyoratchilar, jumladan, Moskva, Ryazan, Novosibirsk va Stavropoldan kelgan musulmonlar kechikishlariga qaramay, kayfiyatlari yaxshi.
"Bizni mehmonxonalarga joylashtirishdi. Yaxshi ovqatlanyapmiz, oʻzimizni yaxshi his qilyapmiz. Goʻyoki, biz uchun BAA da qoʻshimcha sayohat tashkillashtirilgandek", degan Chomaev.
Kechikishlarga isroilning Eronga qarshi agressiyasi fonida fors davlati havo hududining yopilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.