17.06.2025 08:24
60

TIV yana bir bor Eron va isroildagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi



Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroildagi oʻzbekistonliklarga :

- Harbiy va boshqa davlat obъektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik;

- odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish;

- mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga soʻzsiz rioya qilish, zarurat tugʻilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yoʻl olishni tavsiya qildi.

Vazirlik zarurat tugʻilganda Oʻzbekistonning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bogʻlanishni soʻragan.

Mavzuga aloqador