02.07.2025 13:35
39
Andijonda mast erkak profilaktika inspektorini pichoqladi
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida profilaktika inspektori mast fuqaro pichoqlashidan vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maъlum qilinishicha, 1 iyulь kuni soat 20:50 larda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasidagi xonadonda janjal boʻlayotgani haqida 102 qisqa raqamiga kelib tushgan xabar boʻyicha hudud profilaktika inspektori – katta leytenant A.Abduvaliev mahalla raisi A.Mamataliev bilan birga voqea joyiga etib borgan.
1960 yilda tugʻilgan fuqaro Yunusali Xolbozorov mast holda oʻz oila aъzolariga xoʻjalik pichogʻi bilan tahdid solayotgan boʻlgan. Uni zararsizlantirish jarayonida fuqaro qoʻlidagi pichoq bilan xodimning koʻkrak qismiga zarba berib, ogʻir tan jarohati etkazgan. Olgan jarohati natijasida koʻrsatilgan yordamga qaramasdan, A.Abduvaliev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat kodeksiga koʻra, oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan oʻldirish 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.