17.06.2025 09:37
147
isroil oʻz qilmishlarining oqibatini oʻylamayapti – Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon isroil Gʻarbning qoʻllab-quvvatlovi ortidan koʻplab jinoyatlarga qoʻl urayotgani va buning oqibatini oʻylamayotgani haqida soʻz ochdi.
“Gʻarbning cheksiz koʻmagiga tayanib, Eronga hujum qilayotgan, Gʻazoni vayron etayotgan va mintaqadagi barcha davlatlarni mensimaydigan isroil oʻz qilmishlarining oqibatini anglamayapti. Ehtimol, kelajakda u oʻz xatosini tushunib etar, ammo juda kech boʻlishi mumkin", degan Turkiya etakchisi.
Erdoʻgʻonning taъkidlashicha, hech bir mamlakat oʻz chegaralari doirasida qolib ketmaydi. Mintaqadagi har bir voqea barchaga taъsir qilib, oʻrta va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. Falastin xalqi va uning eriga qilingan tajovuz bir necha million kishi bilan cheklanib qolmaydi. Eronga qilingan hujum ham faqat Eronga taalluqli emas.
Bosqinchi isroil oldinroq, 13 iyunga oʻtar kechasi Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Fors davlatini maxfiy harbiy-yadroviy dasturni amalga oshirishda ayblagan sionistlar atom obъektlari, generallar, taniqli yadro fiziklari, aviabazalar, havo mudofaasi vositalarini nishonga oldi.
Oʻz atom loyihasining harbiy maqsadlarga yoʻnaltirilganini inkor etayotgan Eron ham bu hujumlarga javob qaytarmoqda. Har ikki tomondan ham turar joy binolariga etkazilayotgan zarar va tinch aholi orasidagi qurbonlar soni ortib boryapti.