01.07.2025 16:29
51

Ahmoqona qonun loyihasi tasdiqlansa, yangi partiya tuzaman – Mask


AQShda demokratlar va respublikachilar oʻrtasidagi sunъiy qarama-qarshilik oʻrniga haqiqiy xalq ovozini aks ettiradigan yangi bir partiya – haqiqiy muxolifat tashkil etish lozim. Bu haqda amerikalik mashhur tadbirkor va milliarder Ilon Mask maъlum qildi.

Tadbirkorning aytishicha, agar AQSh prezidenti Donalьd Tramp tomonidan taklif etilgan "Ajoyib qonun loyihasi" deb nomlangan xarajatlar haqidagi qonun qabul qilinsa, ertasi kuni u yangi partiya tuzadi.

"Agar bu ahmoqona xarajatlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinsa, ertasi kuni yangi "Amerika partiyasi" tuziladi. Ayni damda biz yakkahokimlikka asoslangan davlatda yashayotganimizni tushunishimiz kerak", deb yozgan u oʻzining X (Tvitter) sahifasida.

Maъlumot uchun, Trampning "Ajoyib qonun loyihasi" AQSh davlat qarzi chegarasini rekord darajada – 5 trln dollargacha oshirishni koʻzda tutadi.

Mavzuga aloqador