17.06.2025 13:28
45

Mirziyoev Xitoy raisi bilan muzokara oʻtkazdi



Bugun, 17 iyunь kuni Ostonada Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Tszinьpin "Markaziy Osiyo – Xitoy" sammiti doirasida muzokara oʻtkazdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda 2024 yilda tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga etgani, investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etayotganiga eъtibor qaratilgan.

Etakchilar "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" strategik temiryoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligini taъkidlashgan. Taъlim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini oʻrganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirilgan.

2024 yilda Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning "Lu Banь ustaxonasi" professional taъlim tizimi joriy etilmoqda. Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va sanъat haftaliklarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Taъkidlanishicha, uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga aloqador