18.06.2025 07:20
39

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi




Kecha, 17 iyunь kuni prezident Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev raisligida oʻtgan tadbirda Xitoy raisi Si Tszinpin, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Mirziyoev ham ushbu uchrashuvda nutq soʻzlab, xalqaro vaziyat sezilarli darajada yomonlashib borayotganiga eъtibor qaratdi.

Uning taъkidlashicha, yoʻqotish va talafotlarga sabab boʻladigan mojarolar yangidan alanga olmoqda, global va mintaqaviy darajadagi yirik davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchsizlik kuchaymoqda.
 
Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun esa kuch ishlatish vositalaridan foydalanish oʻzini oqlamaydi.

"Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq meъyorlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi asosida faqat diplomatik saъy-harakatlar yoʻli bilan – muzokaralar stolida hal etilishi shart", degan u.

Yigʻilish soʻngida davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Mavzuga aloqador