30.01.2025 07:32

AQShda 1 fevralʻ “Jahon hijob kuni” sifatida rasman tan olindi

AQShning Nʻyu-York shtati Senati 1 fevralni rasman “Jahon hijob kuni” sifatida tan olish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror mahalliy jamoatchilik orasida diniy erkinlik va xilma-xillikni qoʻllab-quvvatlash ramzi sifatida baholanmoqda.

Qonun loyihasi nʻyu-yorklik senator Roksana Perso tomonidan taklif etilgan boʻlib, unda AQSh va Nʻyu-York aholisi oʻz din va eʻʻtiqodlarini erkin amalga oshirish huquqiga ega ekani taʻʻkidlangan.

Qaror matnida hijobning islom anʻʻanasidagi oʻrni haqida shunday deyiladi:
"Hijob – ayollarning qadr-qimmati va hurmatini targʻib qiluvchi anʻʻanaviy kiyim boʻlib, u iffat va diniy eʻʻtiqodga hurmatni saqlashga xizmat qiladi."

Amerika-Islom munosabatlari kengashining (CAIR-NY) Nʻyu-York boʻlimi direktori Afaf Nasher bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlab, bunday qaror madaniy va diniy xilma-xillikni targʻib qilishda muhim qadam ekanini taʻʻkidladi. 

"Bu hijobli ayollarning ovozini eshitish, ular duch kelayotgan notoʻgʻri qarashlar va muammolarni hal etish uchun muhim imkoniyatdir", deydi u. 

“Jahon hijob kuni” qanday paydo boʻlgan?

Bu kun 2013 yilda Bangladeshlik Nazma Xon tashabbusi bilan taʻʻsis etilgan. AQShda istiqomat qiluvchi Xon oʻzi hijob tufayli kundalik hayot va taʻʻlimda duch kelgan qiyinchiliklardan kelib chiqib, “Jahon hijob kuni” loyihasini boshlagan.

Hozirda 1 fevralʻ butun dunyo boʻylab hijobli ayollarga nisbatan tushunish va bagʻrikenglikni mustahkamlash kuni sifatida nishonlanadi. Bugungi kunda 45 mamlakatda 70 dan ortiq koʻngilli tashkilotlar ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.