02.07.2025 11:41
39

CNN: Eron yadroviy obъektlarida ishlar davom etmoqda


Sunъiy yoʻldoshdan olingan soʻnggi tasvirlar Eronning AQSh tomonidan bombardimon qilingan Fordo yadroviy boyitish zavodida ishlar davom etayotganini koʻrsatmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tasvirlar 30 iyunь kuni Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Unga koʻra, yadroviy obъektdagi ventilyatsiya shaxtalari va havo hujumlari oqibatida yuzaga kelgan chuqurlar atrofida harakatlar davom etayotgani aks etgan. Jumladan, ekskavator, kran va bir nechta xodimlar koʻringan, qoʻshimcha transport vositalari qayd etilgan.

Maъlumot uchun, Amerikaning B-2 bombardimonchi samolyotlari iyunь oyida Eronning Fordo va Natanz yadroviy obъektlariga oʻndan ortiq bunker bombalarini tashlagandi. AQSh suvosti kemasidan uchirilgan Tomahawk raketalari esa Eron markazidagi Isfahon obъektiga zarba bergandi. Massive Ordnance Penetrator bombalari Fordodagi ikkita ventilyatsiya shaxtasini nishonga olgandi.

Mavzuga aloqador